Rudani magazinlep qazib alıw sisteması



Yüklə 19,31 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü19,31 Kb.
#172525
10-lek eoki


Rudani magazinlep qazib alıw sisteması.
Bu tizimni boshqa tizimlardan farq qiladigan asosiy xususiyati shundan iboratki, blokdagi qazilgan bo'shliq ni qazish jarayonida qo'porilgan ruda massasi bilan to'ldiriladi. Ular massivdagi holatiga nisbatan katta hajmdagi joyni egallaydi . Shuning uchun
qo'porilgan rudaning 30% ga yaqini yuk tashiladigan gorizont dag i shtrekga chiqarib tashlanadi, ship bilan qo'porilgan ruda massasi o'rtasidagi balandlik 2 m ga yaqin bo'shliqdan iborat bo'ladi .
Blokdagi ruda zahirasini qo'porib qulatib bo'lganigan so'ng, rudaning hammasi blokdan chiqariladi. Hosil bo'lgan bo'shliq odatda ochiq qolidriladi , juda kam hollarda to'ldiruvchi materiallar bilan to'ldiriladi yoki ship jinslarini yalpi qulatib bo'shliqni to'ldiradi.
Qazilgan bo'shliqni ochiq qoldirib , qazib olish tizimidagi kabi yondosh jinsladrning turg'unligini ta'minlash uchun qavatlar va kameralar , bloklararo seliklar va rudasiz uchastkalar qoldiriladi. Blokni qazib olish jarayonida qo'porilgan ruda , yondosh jinslarni qatlamlanib ko'chishiga to'sqinlik qiladi. Qo'porilgan ruda , kavjoyda ishchilar tichun turadigan joy-asos vazifasini bajaradi.
Magazinlab qazish tizimi ruda va yondosh jinslar mustahkam, turg'un bo'lgan holatda qo'llaniladi. Qo'porilgan ruda zichlashib qolmasligi, oksidlanmasligi va o'z-o'zidan yonmasligi kerak. Ruda tanasining og'ish burchagi 55-60° dan kam bo'lmasligi shart. Bu tizim tikka yaqin burchak bilan joylashgan, qalinligi 0,5 m dan 5 m gacha bo'lgan, tomirli ruda konlarini qazib olishda keng qo'llaniladi.
Rudaning qimmati faqat vari antlarni tanlashga ta'sir etadigan qimmatbaho rudalarni qazib olishda ularni yo'qotilish miqdorini kamaytirish uchun qavatlar va bloklararo seliklar tirgak mustahkamlagichlar bilan almashtiriladi.
Tomirli konlarni qazib olishda, magazinlab qazib olish tizimi MDH davlatlarida 50% ga yaqinini tashkil etadi.
Bu tizim, tomirli konlarni qazib olishda AQSH Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan qazib olish tizimlaridan biridir.
Rudani qo'porib olish usuli bo'yicha bu tizim uch guruhga bo'linadi: magazindagi rudani shpurlab qu latish; maxsus lahimdan turib qo'porib qulatish; rudani chuqur skvajinalar qo'llab qulatish. Ko'proq xilma -xillikligiga, birinchi guruh tizimlari kiradi, bunda magazinni hosil qilish usuli va shakli bo'yicha ikkita turga ajratish mumkin: qo'porilgan rudani to'liq magazinlab, qazilgan bo'shliqni qavat yoki blok balandligi bo'yicha to'ldirish; qo'porilgan ruda bilan qavatni yoki blokni bir qismi to'ldiriladi (qatlam, qavat osti). Ikkinchi guruh magazinlash va qazilgan bo'shliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimi oralig'idagi o'tuvchi guruh bo'lib, ularning qaysi bir guruhga bo'lsa ham ba'zi elementlarni hisobga olgan holda kiritish mumkin.
Rudani magazinda burg'ilangan shpurlar bilan qo'porish tizimi
Yotish burchagi tikga yaqin joylashgan ruda tanasini, magazinlab qazib olish varianti 69-rasmda ko'rsatilgan. Bunda yuk tashiladigan shtrek -1 ruda tanasi qalinligining o'rtasida yoki yotgan yondan ruda kontakti bo'ylab o'tiladi.
Shtrek mustahkam rudadan mustahkamlagichsiz o'tiladi va uning shipiga gumbazsimon shakl beriladi. Shamollatuvchi shtrek vazifasini yuqorigi qavatni yuk tashiluvchi shtreki -2 bajaradi. Qavatni balandligi 50 -60 m bo'lishi mumkin.
Qavat rudaning cho'ziqligi bo'yicha har 40 - 100 m da vosstoyushiylar bilan alohida bloklarga bo'linadi. Voss tayushiy ko'tarilish yo'nalish bo'yicha har 4 -6 m tirgak mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi va kamera bilan yo'lakcha -3 orqali tutashtiriladi. Ba'zan blok o'lchami uzun bo'lsa, uning o'rtasidan qo'shimcha vosstayushiy o'tiladi uning vazifasi, kamerag a materiallar, uskunalar tashib keltirishni osonlashtirish, qazilayotgan blokni shamollatilishi sharoitini yaxshilashdir. Agar u mavjud bo'lsa qanotdagi vosstayushiyni kesim yuzasi kichikroq o'lchamda o'tilib, unda faqat narvon bo'liminigina uskunalaydi.
Rudaning magazindan bir tekis chiqarish uchun ruda tushiruvchi duchkalar oralig'ini 5-6m o'lchamda, qabul qilinadi. Bu o'lchamlar kattaroq bo'lsa, ruda notekis tushadi.
Blokdagi qazib olish ishlari to'rt bosqichdan iborat: magazinning pastki qismini kesib, uning tagida voronka hosil qilinadi, so'ngra shamollatuvchi shtrek ostidagi seliklariga qadar rudani qo'porib, ularni magazinlaydi; rudani chiqarish va qavatlar, kameralar oralig'idagi seliklarni qazib (ajratib ) olish dan iborat.
Magazinning ostki qismini kesish va voronka hosil qilish, blokni hamma uzunligi bo'yicha bir vaqtning o'zida o'tkaziladi. Ruda uyumi yupqa bo'lgan konlarda bu vazifa uchun uning tagidan kesuvchi shtrek -4 o'tkaziladi.
Qazib olish ishlari kavjoyda ship pog'onali shaklda joylashtiril adi, pog'onaning uzunligi 10 -12 m, balandligi 1,5-2 m yoki sidirg'a kavjoyni hamma uzunligi bo'ylab qazish ishlari olib boriladi.
Pog'onalar ko'tarilish tartibida yoki gorizontal joylashtiriladigan bo'lsa shpurlarni magazinlangan ruda yuzasida turib burg'i laydi. Bir vaqtning o'zida qo'porilgan ruda yuzasidagi nogabarit ruda bo'laklarini ham portlatish uchun burg'ilanadi.
Qazib olish sikli tarkibiga, burg'ilash va shpurlarni portlatish, shamollatish, ortiqcha rudani chiqarish, shipni xavfsiz holatga keltiris h ishlari jaroyonlari kiradi. Odatda bu ishlar ikki -uch smena davomida bajariladi. Har bir siklda chiqariladigan ruda miqdori uning maydalanganlik darajasiga bog'liq. Ruda chiqarilgandan keyingi hosil bo'lgan bo'shliqni ishchi balandligi 1,8 -2,5 m atrofida bo'ladi.

69-rasm. Magazinlab qazib olish tizimini o'ziga xos varianti.
Qazish olish ishlari, shtrek osti seliklari chegarasiga yetganidan so'ng, hamma magazinlangan rudani chiqara boshlaydi. Shamollatuvchi shtrekni osti va ustidagi seliklar blokni to'l diruvchi materiallar bilan to'ldrilgandan so'ng qazib olinadi, chunki to'ldirish ishlari olib borilayotganda yuqorigi shtrekni saqlash zarur. Agar qazilgan bo'shliq ochiq qoldirilsa, u holda qavatlar orlig'idagi seliklarni rudani tushirayotganda qulatib ma gazindagi ruda bilan birga chiqariladi. Agar rudani narxi arzon bo'lsa, seliklar qazib olinmaydi. Bu holda rudani seliklardagi yo'qotilishi 15 % va undan ham yuqori darajaga yetishi mumkin.

70- rasm. Rudani magazinlab va kavjoyni sidirg‘asiga qazib olish tizimi.
Qalinligi katta bo'lmagan (1,5 -2 m) ruda tomirini qazib olishda ayniqsa qimmatbaho rudani qavatlararo va kameralararo seliklar o'rniga, shtrekda vosstayushiylarda va kesuvchi lahimda mustahkamlagichlar o'rnatiladi. Seliklarda rudani ortiqcha yo'q otilishini bartaraf etish uchun blokni tagini kesishda ruda tushuruvchi ko'p sonli voronkalar o'tish, vosstayushiyni (narvon bo'limi bilan) o'tish bu tizim variantini asosiy afzalligidir (70 -rasm).
Blokni tayyorlash uchun yuk tashiydigan shtrek -1 va vosstayushiy-2, o'tkaziladi. Birinchi qatlamdagi rudani yuk tashiladigan shtrekni o'tish bilan bir vaqtda yoki uni o'tib bo'lgandan so'ng massivdan ajratib oladi. Birinchi holatda shtrek 3-5 m balandlikda o'tkaziladi, so'ng balandligi 2 m bo'lgan tirgaklar o'rnatiladi uning ustiga to'shamani mustaxkamlab o'rnatadi. Vosstayushiylar ikki bo'limdan iborat bo'lib, kesilgan yog'och tirgak mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi.
Qazib olish tartibi avvalgi ko'rilgan usulga o'xshash. kavjoyni sidirg'asiga burg'ilash ishlari keng ish frontini yaratadi, ishchilarni harakatlanish sharoiti qulay va xavfsizroq bo'lishiga erishiladi. Natijada kavjoy ishchilarining yuqori mehnat unumdorligiga erishishga imkon yaratadi.
Shtrek osti seliklari-3 blokdan rudani uzil kesil tushiri sh vaqtida shtrek-4 asosini uzunligi bo'yicha 8 -10 m qismini burg'ilash portlatish yo'li bilan, massivdan ajratib olinadi. Shtrekni saqlash zarurati bo'lsa, shtrek osti seliki qazib olinmaydi.
Rudani chiqarish uchun sarflanadigan mehnat qazib olishga sarfl angan hamma mehnatni 50-60 % ni tashkil etadi. Biri ikkinchisidan 2 -2,5 m masofada joylashtirilgan lyuklar mehnat sig'imini bir muncha qisqartiradi.
Bir-biriga yaqinlashtirilgan os ma metall lyuklarning sxemalaridan biri 71 - rasmda keltirilgan. Yaqinlashtiri lgan lyuklar orqali rudani chiqarish sxemasi Baykal ortidagi rudniklarida, Qozog'iston va Magadandagi rudniklarda ham keng qo'llanilmoqda.
Qazib olish va tayyorlash variantlari. Burg'ilash portlatish ishlaridagi eng keng tarqalgan kavjoyning shakli yoppasi ga qazishdir; buning afzalligi yuqorida keltirilgan edi. Shpurlar teleskop perferatorlar bilan burg'ilanadi.

71-rasm. Metall osma lyuklar konstruksiyasi (b) va ularni o'rnatish sxemasi (a).
Agar darzliklar yoki rudani tabaqalanish yo'nalishi, kavjoyning gorizontal yo'nalishi bo'yicha qazib olishda noqulaylik keltirsa, pog'ona va kavjoy chizig'ini umumiy holatini qiyalatib joylashtirish maqsadga muvofiq keladi.
Tomirli konlarda diametri 32 -34 mm ga kamaytirilgan shpurlarni qo'llanishi maqsadga muvofiq kel adi. Diametri kichraytirilgan shpurlar burg'ilovchilarni mehnat unumdorligini oshiradi, rudani sifatsizlanish darajasini kamaytirishga imkon yaratadi bu qazilgan bo'shliq, kengligini qisqarishi va yondosh jinslarni kamroq buzilishiga sabab bo'lib, ruda bo' laklari bir tekis o'lchamda maydalanadi, bu o'z navbatida rudani blokdan chiqarishda qulaylikni vujudga keltiradi.
Odatda shpurlar 1,8-2,2 m chuqurlikda burg'ilanadi. Qattiq, mustahkam rudalarni burg'ilash va portlatish ishlari samaradorligini oshirish yuq ori quvvatli portlovchi moddalar qo'llash bilan amalga oshiriladi.
Rudani yetkazib berish magazin doirasida ruda o'z og'irlik kuchi ta'sirida tushiriladi. Shunga qaramasdan yetkazib berishga blokdan chiqarishga yoki yuklash, magazindagi ruda yuzasini tekis lash, osilib, siqilib qolgan ruda bo'lagini tushirishga sarflanadigan mehnat, qazib olishga sarflanadigan mehnatning 25-60 % ini tashkil etadi.
Yüklə 19,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin