Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Maxsus jismoniy tayyorgarlik 
- maxsus jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirish va organizm funksional tizimlari faoliyatining yuqori darajada 
takomillashuviga erishishga yo’naltirilgan. Ushbu maqsadlarning hal qilinishi 
yuqori sport natijalariga erishishning asosiy sharti hisoblanadi. Shu sababli u yuqori 
malakali sportchilarni tayyorlash tizimida asosiy o’rin egallaydi. 
Maxsus jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: 

Maxsus harakatli fazilatlarni ajratish; 

Sport turiga oid chidamlilikni rivojlantirish; 

Sport turini xususiyatlarini hisobga olgan holda tekzlik-kuch chidamliligini 
takomillashtirish; 

Aerob-anaerob ishchanlik qobiliyatini takomillashtirish. Maxsus jismoniy 
tayyorgarlik amalda yuqori sport natijalariga erishishning fiziologik asosi bo’lib 
xizmat qiladi. 


Umumiy jismoniy tayyorgarlik ko’p yillik tayyorgarlikning dastlabki 
bosqichlarida, ayniqsa bolalar va o’smirlar bilan ishlash davrida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu vaqtda keyingi ixtisoslashtirilgan ishlar uchun zamin yaratish lozim 
bo’ladi. Bu vazifani bajarilishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik o’zining 
ustunlik o’rnini maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo’shatib beradi. 
Jismoniy tayyogarlikning birin - ketin amalga oshirilishi yosh sportchining 
shakllanish davrlari bilan chambarchas bog’langan bir nechta bosqichga bo’linishi 
bilan izohlanadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikdan asta-soniyain sportchining 
yo’nalish shakllanishi bosqichiga, undan esa maxsus harakat fazilatlarining eng 
yuqori darajada rivojlanish bosqichlariga o’tiladi. Umumiy jismoniy tayyogarlik 
bosqichi mashg’ulotlar boshlanishidan boshlab 12 yoshgacha davom etadi, ikkinchi 
bosqich o’smirlik, uchinchi bosqich esa yoshlik davriga to’g’ri keladi. 
Birinchi bosqich sportchining asosiy xususiyatlari bo’lgan tezlik, chaqqonlik 
va egiluvchanlikni rivojlantirishga juda qulay davr hisoblanadi. 
Ikkinchi bosqichda etarli darajada intensiv mashqlardan foydalanishga qulay 
imkoniyatlar paydo bo’ladi. Bu esa jismoniy fazilatlar rivojlanishiga 
ixtisoslashtirilgan ta’sir etishni ta’minlaydi. Uchinchi bosqichda jismoniy 
tayyorgarlik yuqori darajada ixtisoslashgan bo’lib qoladi. 
Yoshlar organizmining funksional imkoniyatiari hajmi va intensivligi 
bo’yicha katta yuklamalardan foydalanishga imkon beradi. 
Sportchining jismoniy tayyorgarligi uning sport turi ixtisosi bilan aloqador 
bo’lib, takomillashuvining shakllanishi ko’pincha mashg’ulotlarni maxsus uslubiga 
va sport taqvim rejasi bilan bog’liq bo’ladi. Kun davomida tennischilarda yoki 
sportning boshqa turlari bilan shug’ullanadigan sportchilarda ham bir nechta 
mashg’ulotlar o’tkazilishi mumkin. Ular asosiy va qo’shimcha mashg’ulotlarga 
bo’linadi. Asosiy mashg’ulotlarda kunning asosiy vazifalari, odatda, texnik va taktik 
tayyorgarlik bilan bog’liq muammolar echiladi va qo’shimchaga nisbatan, bunda 
yuklamalar 
butun 
borlig’i 
bilan kengroq rejalashtiriladi. Qo’shimcha 
mashg’ulotlarda quyidagi vazifalarni echish mumkin: 

sportchi organizmini asosiy vazifalarni yechishga tayyorlab borish; 



asosiy mashg’ulotlardan keyingi tiklanish tadbirlari; 

mashg’ulot samaradorligini oshirish maqsadida asosiy mashg’ulotlardagi 
vazifalarni qaytarib takomillashtirish; 

mustaqil, asosiy mashg’ulotlardagi vazifalardan farqli vazifalarni echish. 
Odatda, yuqori malakali tennischilar kun davomida ikki-uchta mashg’ulot 
o’tkazadi. 
Birinichisi, nonushtagacha, ikkinchisi, nonushta bilan tushlik orasida va 
uchinchisini, tushlik bilan kechki ovkat orasida shug’ullanadi. Birinchi mashg’ulot 
professional sportchilarda vaqti bo’yicha oddiy odamlarning “ertalabki 
badantarbiya” davriga to’g’ri keladi. “Badantarbiya”ga yuklatilgan oddiy-uyqudan 
uyg’otish va muskullar tonus ini ko’tarish vazifalaridan tashqari sportchilar bir kun 
oldingi mushaklarni faol harakat yuklamalalaridan va tungi uyqudan keyingi 
turg’un, qotib qolgan organizmni muammolarini echishi kerak. 
Ikkinchi va uchinchi mashg’ulotlarni vazifalari - mashg’ulot joyi, tayyorgarlik 
tizimini davri siklni shu kun uchun belgilangan yuklamalaridan iborat bo’ladi. 
Jahonning etakchi tennischilari bir kunda 5-5,5 soat Shug’ullanadi. 
Ikkinchi mashg’ulot - nonushtadan bir soat keyin bo’lib, unda jismoniy 
tayyorgarlik, texnki usullarni va harakatlarni takomillashtirish vazifalari echilib z 
soat davom etadi. 
Uchinchi mashg’ulot kunning ikkinchi yarmida tushlik va dam olgandan 
keyin o’tkaziladi. Mashg’ulotlarda tennischilar texnik-taktik harakatlarini 
kombinatsiyalarda mustaxkamlash ustida ishlaydi, ishonchli va samarali bo’lishi 
uchun musobaqa sharoitida qaytariladi, shuning uchun hisobli o’yin, o’rtoqlik 
uchrashuvi va turli partiyalar bo’ladi. 
Stol tennisi-favqulodda ko’p qirrali sport turi hisoblanadi. Shunday holatlar 
bo’ladiki, bu sport turida bir-ikkita kuchli: takomillashgan texnika yoki alohida bir 
texnik usul, o’yinni boshqarish, iroda va yuqori jismoniy tayyorgarlik kabi va h.k. 
sifatlar bilan ham sezilarli yutuqlarga erishish mumkin. 
Munozarasiz, stol tennisida haqiqiy yuqori darajadagi ustalikka erishish, 
butun sifatlarni garmonik rivojlantirishsiz bo’lmaydi, lekin mahorat cho’qqisiga har 


bir sportchini yo’li o’zgacha bo’lib individual tarzda kechadi. Tennischini 
texnikaviy, taktikaviy va musobaqaviy tayyorgarliklari juda keng ko’lamda bo’lib, 
uning vaqti individual reja asosida bo’ladi, har bir tennischi kunlik mashg’ulotlar 
davridan individual rejadan kelib chiqib va istiqbolli rejadagi shaxsiy vazifalar 
asosida jismoniy tayyorgarlik uchun optimal vaqtni belgilashi kerak. 
Tennischi uchun zarur bo’lgan umumiy sifatlar majmuasiga quyidagilar 
kiradi: mushaklarni bo’shashtirish 
(erkin)
qobiliyati va egiluvchanlik, kuch, 
tezkorlik, sakrovchanlik, chaqqonlik va chidamlilik, bu sifatlarni har birini yuqori 
darajada rivojlanishi uchun odatda boshqalari maTum darajada rivojlangan bo’lishi 
shart. o’yindagi harakatlarda ular alohida yakkalikda namoyon bo’lmaydi. Misol 
uchun uzoqqa sakrab parvozdagi sharga zarba berish bu-tezkorlik, sakrovchanlik va 
chaqqonlik kabi sifatlarni birgalikdagi qo’shilishidan iborat emasmi? shundan kelib 
chiqib, sifatlarni tarbiyalash ko’pincha aralash xarakterda bo’lib, asosan, bu tarbiya 
majmuaviy vositalar yordamida, misol uchun sakrash, yugurish, darvazabonlik, 
akrobatika mashqlari kabi. 
Jismoniy tayyorgarlik sifatlarni kelishilgan garmonik rivojlanishini nazarda 
tutadi; biroq; stol tennisini maxsus jihatlarini hisobga olmasdan, yondashish 
natijasida bir xillari noto’g’ri shakllanib qolishi mumkin. Misol uchun kuchni 
rivojlantirishga yuqori darajada e’tibor qilib, chaqqonlik va mushaklarni 
bo’shashtirish qobiliyatini so’ndirib qo’yish mumkin va harakatlar doimo 
taranglashuvi shart bo’lib qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin