Absolyut kuch dinamometr ko’rsatikchi, ko’tarilgan shtanganing og’irligi bilan
aniqlanishi mumkin.
Nisbiy kuch = absolyut kuch - xususiy vazn
Bir xil mashq qilgan turli vaznli kishilarda vazn ortishi bilan absolyut kuch
ortadi, nisbiy kuch esa kamayib boradi.
Kuchning namoyon boTishi mushaklarning zo’riqishiga bogTik boTadi.
Kuch odamning barcha harakatli imkoniyatiarining biologik asosini tashkil qiladi.
o’yin taktikasi va texnikasini muvaffaqiyatli o’zlashtirish ko’p jihatdan ushbu
fazilatga bog’liq. Sportchi statik, dinamik, va portlash kuchlarining kerakli
darajalarini ko’rsatgan taqdirdagina o’zini musobaqalarga tayyor deb hisoblashi
mumkin.
Statik kuch kuchning boshqa hamma ko’rinishlarini asosi hisoblanadi.
Dinamik kuch ko’p martaba qaytariladigan tezkor harakatlarni ta’minlaydi. Portlash
kuchi maksimal tezlikda bajariladigan alohida (yakka) harakatlar uchun o’ta muhim.
Kuchni rivojlantirishning ikki turi farqlanadi: umumiy tayyorgarlik va maxsus
tayyorgarlik. Umumiy tayyorgarlik mushaklarning barcha guruhlariga maqsadli
ta’sir etish va kuch ko’rinishining barcha majmualarini takomillashtirishni ko’zda
tutadi. Maxsus tayyorgarlik o’z mohiyatiga ko’ra sportning muayyan turiga muhim
bo’lgan kuch fazilatlarini maqsadli rivojlantirishga qaratilgan tezlik-kuch
tayyorgarligidir. Kuch tayyorgarligining asosiy qoidasi - kuchni harakatning tezligi
va chaqqonlik bilan birgalikda bir tekis, har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Shu
bilan birga dinamik yuklamalar usuliga ko’prok e’tibor qaratiladi. Kuch
tayyoragrligining vositalari bo’lib qarama-qarshilikni (snaryad va jihozlarning
vazni, xususiy tana vazni, maxsus jihozlarning og’irligi va h.k.)ni engish bilan
bog’liq bo’lgan turli mashqlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: