To’p uzatish usulidagi kabi bolta bilan to’nkani yorish.
Yengil atletika bosqonini gorizontal tekislikda ikki qo’llab turli yo’nalishda
aylantirish, xuddi shu kabi bir qo’lda aylantirish.
Yelkada shtanga ko’tarib yoki qo’llarni uzatib yuk ushlab turib,
gavdani
burish.
Yelkada shtanga ko’tarib o’tirib-turish.
Rezina amortizator bilan mashqlar - uchi mahkamlangan amortizatorni tennis
zarbasi kabi harakat bilan cho’zish.
Tezkorlik
Tezkorlik - odamning faoliyat
(aqliy, mehnat, sport va boshqa)m
eng
qisqa
vaqt ichida bajarish qobiliyatidir. Tezlik deganda inson harakatining bevosita va
asosan tezlik xususiyatlarini hamda harakat reaksiyasining
vaqtini belgilovchi
funksional xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Tezlik ko’rinishini baholashda
quyidagilar farqlanadi:
Harakat reaksiyasining yashirin
(latent)
davri;
Bitta harakatning tezligi
(kichik tashqi qarshilikda
);
Harakat chastotasi.
Ushbu ko’rsatkichlar turli tezlik qobiliyatini ko’rsatadi. Bu uch ko’rsatkich
birgalikda tezlikning har qanday ko’rinishini baholashga imkon beradi. Maksimal
tezlikda bajariladigan ko’pchilik harakatlarda ikki davr tafovut etadi: a) tezlikning
ortishi davri
(tezlanish davri)’,
b) tezlikni nisbiy stabilizatsiya davri. Birinchi davrga
startdagi tezlanish, ikkinchi davrga esa distansion tezlik xos.
Fiziologik tasavvurlarga ko’ra harakat reaksiyasining
yashirin davri besh
qismdan tashkil topadi:
retseptorda qo’zg’alishni vujudga kelishi;
qo’zg’alishning markaziy nerv sistemasiga uzatilishi;
qo’zg’alishning nerv markazalariga o’tishi va effektor
(javob, harakat)
signalining shakllanishi;
signalning markaziy nerv sistemasidan mushakka o’tkazilishi;
mushakning qo’zg’alishi va unda mexanik faollikning paydo markazlariga
o’tishi va javob signali shakllanishiga sarf bo’ladi. Maksimal
tezlikda bajarilgan
harakatlar o’zining fiziologik xususiyatlariga ko’ra soniyain bajariladigan
harakatlardan farq qiladi. Eng
asosiy farq Shundan iboratki, harakatni maksimal
tezlikda bajarish vaqtida sensor korreksiyalar qiyinlashadi. Katta tezlikda juda aniq
harakatlarni bajarishning qiyinligi shu bilan izohlanadi.
Tezlikning sifati ko’p jihatdan tug’ma bo’ladi. Lekin mashqlar ta’sirida uni
rivojlantirish mumkin. Tezlik kichik va o’rta maktab
yoshidagi bolalarda yaxshi
rivojlanadi. Tezlikni rivojalantirish uchun optimal yosh 8 - 11 yosh hisoblanadi.
o’rgatishning dastlabki bosqichlarida tezlikni rivojlantirshning eng yaxshi vositalari
bo’lib qisqa masofaga yugurish,
sakrashlar, gimnastika va akrobatika mashqlari,
ayniqsa harakatli o’yinlar hamda estafetalar hisoblanadi. Tezlikni rivoj lantirishning
asosiy usullari qaytarish, о’yin va musobaqa usullaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: