ega. U umumiy va xususiy bo’lishi mumkin.
Umumiy chidamlilik
deganda organizmning nisbatan past intensivlikdagi
muayyan faoliyatini qaytarish faoliyati tushuniladi. Bu aerob fazada organizmning,
ayniqsa yurak-qon tomirlar va nafas tizimlarining barcha funksional imkoniyatlarini
safarbar qilishni taqozo qiladi. Ushbu holatda modda almashinuv tizimi tashqi
muhitdan olinayotgan kislorodda ishlaydi va undan organizm to’qimalarida
foydalaniladi. Yurakning tejamkorlik bilan ishlash ko’rsatkichi bo’lib uning
minutli hajmi hisoblanadi. Ma’lumki, faqat yurakkina yuklamalarda sistolik
hajmda oz sonli qisqarishlar orqali tejamkorlik bilan ishlashi mumkin. Ishlayotgan
to’qimalarga kislorodni tez etkazib berish esa kengaygan kapillyarlar turiga
bog’liq. Chidamlilikning muntazam oshib borishi evaziga kapillyarlar soni ikki
barobar ko’payadi. Sportchilarda kislorod miqdorining arterial-venoz
taqsimlanishi ortishining sababi shundadir.
Maxsus chidamlilik
maksimal yuqori intensivlikdagi mushak ishida
organizmning javob berish qobiliyatini maxsus saqlab qolish xususiyatidir. Bu
holatda mushaklarda faol modda almashinuv jarayonlari anaerob sharoitda sodir
bo’ladi. Bunda organizm ichki kislorod zahiralari hisobiga faoliyat ko’rsatadi.
Sportda tezlik chidamliligini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Tezlik
chidamliligi anaerob Sharoitlarda charchashga qarshi turish qobiliyatiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: