Chaqqonlikni rivojlantirish uchun mashqlar tarkibiga quyidagi elementlarni
kiritish lozim, o’zgaruvchan holatga qarab ongliy reaksiya qilish bilan bog’liq va
shuningdek mashg’ulotdan-mashg’ulotga oshib boruvchi murakkab koordinatsiyali
mashqlar bo’lishi kerak.
Chaqqonlikni tarbiyalashda umumiy tayyorlovchi mashqlarni tatbiq etish,
ayniqsa, akrobatika mashqlari, turnikda, brusda, batutda mashqlar bajarish juda
foydalidir. Ular, tennischi uchun zarur va bebaho bo’lgan, havo bo’shlig’ida og’irlik
markazi o’zgaradigan turli sakrashlar, aylanish va burilishlardan keyin orientir olish
qobiliyatini rivojlantiradi.
Chaqqonlik ko’prok tezkor harakatlanish va topqirlik qobiliyatiga bog’liqdir.
Bu qobiliyatni rivojlantirish jarayonida sport o’yinlari va harakatli o’yinlarni alohida
o’rni bor. Sport o’yinlaridan basketbol, voleybol va futbolni kichik maydonlarda
o’ynash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu o’yinlar tezkorlik, kuch va chidamlilikni
tarbiyalash bilan bir qatorda Chaqqonlikni tarbiyalovchi harakat vositasidir.
Harakatli o’yinlardan “To’p uchun kurash” o’yini chaqqonlik va chaqqonlikni
tarbiyalash uchun ko’proq talabga javob beradi, o’yin qoidasi bo’yicha to’pni tortib
olish, olib yugurib qochish, qochayotganni ostidan ushlab olish va h.k.
Bu o’yinda tezda kutilmagan voqealar almashinuvi, o’ynovchilarni
tezkorlikda qaror qilishga va mos ravishda harakatlanishga majbur qiladi.
Dostları ilə paylaş: