V. BOB. IXTISOSLIKDAGI JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH 5.1. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish mashqlarini tuzish Har bir ixtisoslikda sportchi tayyorlashda jismoniy sifatlar URM va MJT da
predmetlarsiz, predmetlar bilan, snaryadlarda, boshqa sport turlaridan mashqlarda
tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamlilik va harakatlar koordinatsiyasi
rivojlantiriladi.
Predmetlarsiz URM - asosiy turish va dastlabki holat; . qo’llar va elka
kamari uchun; , bo’yin, oyoqlar va tana uchun mashqlar; juftlik va guruhli
mashqlar, egiluvchanlikni rivojlantirish uchun, cho’zilish, nafas olish uchun
mashqlar.
Predmetlar bilan URM- to’ldirma to’plar; shtanga bilan mashqlar;
arg’amchi bilan mashqlar.
Snaryadlarda mashqlar: : gimnastika devorchasi, turnik, trenajer; tayanib
sakrashlar, ot ustidan sakrashlar; arqonga tirmashib chiqish, yakkacho’p, gimnast.
o’rindig’i, muvozanat mashqlari, turgan joyida va harakatda muvozanat.
Engil atletika mashqlari - past va yuqori startdan yugurish, keskin
ko’tarilishlar va tushishlarda qadamlar sur’atini o’zgartirib yugurish; kross;
uzunlikka, balandlikka sakrash, turgan joyidan va yugurib kelib uch hatlab
sakrash; disk, granata, toshlar uloqtirish.
Plavanie - istalgan usulda suzish texnikasi elementlari.
Sport o’yinlari: qo’l to’pi, basketbol, mini-futbol , chim ustida xokkey
о’yini texnikasi va taktikasi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT)- Ixtisoslikning o’ziga xos
xususiyatini aks ettiruvchi va quyidagilarni rivojlantitruvchi URM:
kuch sifatlari: og’irliklar bilan mashqlar, to’ldirma to’plar, gantellar, qum
to’ldirilgan qoplar, shtanga bilan mashqlar.
Rivojlantirish metodlari: kichik og’irlik bilan toliqqungacha takroriy va
maksimal tezlikda;
tezkorlik: qisqa masofalarga takroriy yugurish, tepalikka va pastga
yugurish, arg’amchi bilan mashqlar.
Rivojlantirish metodlari: mashqni engillashtirilgan Sharoitlarda 30 soniya
gacha maksimal shiddatda (YUQT daqiqaga 190-200 zarba) tez bajarish, 8-10
daqiqadan so’ng takrorlash.