Shar bilan raketka kesishgan paytda yelka oldi raketkaga tezlik beradi,
shuning evaziga sharga pastga aylanish beriladi. Bu paytda og’irlik markazi asta-
soniyani o’ng oyoqdan chap oyoqqa o’tkaziladi. Raketkani
sharga zarba bergan
vaqtdagi egilish burchagi 0 gradusdan 90 gradusgachadir. o’yinchi navbatdagi zarba
berish holatini egallaydi.
Shar kuchli yuqori aylanish davrida qirqma zarbalar butunlay keskin bo’lishi,
raketkaning yo’nalishi esa qariyb vertikal bo’lmog’i kerak. Kuchli buralgan sharlar
polga yaqinlashganda, sharning aylanish tezligi
pasayib borayotganida qabul
qilinadi.
Chapdan kesish
Bu holat chapdan o’ynagandagi kabi o’ng oyoq biroz oldinga gavda chapga
burilgan tana og’irligi oyoqlarga teng ajratilgan. Qo’l tirsakdan kuchli bukilgan va
urish uchun orqa yuqori chapga o’tkazilgan. Zarba vaqtida chaqqon harakat bilan
ko’krak oldiga, orqa o’ngga, pastga va albatta qo’l uchlari bilan. Aynan shu vaqtda
raketka shar bilan to’qnashadi harakatni bajargan vaqtda gavda sal buriladi, og’irlik
markazi o’ng oyoqqa o’tkaziladi.
Agar raqib sharni pastga aylanish bilan yuborsa,
u holda aylanish qancha
kuchliroq bo’lsa, shunchalik egilish burchaklari kattaroq bo’lishi kerak. Chapdan
kesish texnikasining bajarilishi bu usulni sharni qaytarish uchun to’g’ri gavda tomon
yunaltirilgan harakatni faqat gavda va qo’l uchi bilan
bajarilgan vaqtda shuni
ta’kidlash lozimki, kesish paytida harakatning kuchi shar uchib kelishinig tezligi va
o’yinchi bilan stol orasidagi masofaga bog’liq tarzda o’zgaradi.
Chaqmoq
Zarbasini bajarish texnikasi ko’pchilik sportchilarniki o’xshash. Bu usulning
eng oddiy varianti quyidagi tarzda bajariladi: Sharni raketkaga qo’l beldan ozgina
pastroq vaqtda qabul qilinadi.
Zarba berilganida, raketka yuqoriga-oldinga harakatlanadi va oxirida ozgina
yon tomonga olinadi. Raketka shar bilan u ko’krak balandligiga etguncha birga
boradi.
Buni tushuntirish oson, chunki sportchiga raketkaning old tomoni bilan
qilingan harakatni nazorat qilish qulayroq. Barmoqlar esa keskin oldinga yuqoriga