yuborish kerak.
Ikki tomonlama tezkor hujumchi raqibga qarshi har bir zarba bilan Sharning
yanada yuqori aylanishini oshirishi lozim va kelayotgan shar stol sahnidan chetga
chiqa boshlaganida raketkani siltash imkoniyati tug’iladi. Bu bilan kuchni
yakunlovchi zarba berish yoki top - spin imkoniyati ham paydo bo’ladi.
Hujumkor uslubdagi raqib o’yinida, asosan, quyidagi taktik kombinatsiyalar
qo’llaniladi:
sharni uzatish, undan keyin raqibning yuqoridan yuborgan zarbasini kutib
olish;
bevosita xisob yutib olishga yunaltirilgan top - spin yoki burama zarba
qo’llangan shar uzatish;
raqibning noo’rin o’yinidan so’ng berilgan bir nechta zarba bilan xisob
yutib olish;
raqibning shar uzatishini qisqa zarba bilan kutib olish va yutuqli holatni
yuzaga keltirish. Bunday zarbalarni qo’llash o’yinchiga katta taktik imkoniyatlarni
beradi;
raqibning shar uzatishini aylantirib, yuqori yoki yon zarba bilan qabul
qilish, keyin esa kuchli elementga o’tish.
Majburan
(raqibning kuchli shar uzatishidan keyin)
sust shar qabul qilish.
Bundan keyin raqib kuchli elementni qo’llaydi. Unga quyidagi variantlardan birini
qo’llash maqsadga muvofiq:
qaytarish va sharni tanaga yoki qabul qilish noqulay bo’lgan erga
yo’naltirish;
buraltirilgan«»;
kuchli pastki burama zarbani yaratish va sharni zarba berish noqulay
bo’lgan erga yunaltirish, bu bilan raqibni xato qilishga majbur etish;
o’rta zonada kuchli element bilan qaytarma zarba berish.
Dostları ilə paylaş: