Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


Hujumchining himoyachiga qarshi o’yin taktikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Hujumchining himoyachiga qarshi o’yin taktikasi 
Himoyalanayotgan o’yinchi sharni sust yunaltirishga odatlanadi, u kamdan - 
kam tavakkal qiladi. ”shar uzatish - xisob yutish” kombinatsiyasi bunda odatiy emas. 
Bunday o’yinda xisobga urinish jarayonida qo’llaniladigan kombinatsiyalarning 
salmog’i ortadi. 
Baribir himoyalanuvchi bilan uchrashganda, hujumkor o’yinchi kuchli 
yakunlanuvchi zarbaga yoki top - spinga tayanadi. Biroq kuchli zarbaga yoki top - 
spinga qaror qilishdan avval ularni tayyorlash lozim bo’ladi. Shuning uchun ham 
himoyachi bilan o’ynayotganda, zarbalarni o’rtacha kuch bilan berish kerakligini, 
hujumni yakunlashga shoshmaslikni, qisqa shar uzatishlarni uzun shar uzatish bilan 
almashtirishni unutmaslik kerak. Uzun burama zarbalar seriyasidan keyin 
kutilmaganda, stolning o’rtasiga qisqa zarba beriladi. Keyin to’g’ri zarba bilan 
hujumni yakunlashga urunish kerak. 
Himoyachilarning umumiy kamchiligi shundaki, ular to’g’ri o’yinchining 
gavdasiga (qorniga) berilgan zarbalarni yomon qabul qiladilar. Hujumni 
burchaklarga qiyshiq zarbalar berish bilan olib borish, uni stolning o’rtasiga berilgan 
zarba bilan yakunlash kerak. Agar himoyalanuvchi o’yinni yomon almashtirayotgan 
bo’lsa, unda qisqartirilgan zarbalar foydali bo’ladi. Bunday hollarda qisqartirilgan 
zarbadan so’ng hujumkor o’yinchi kuchli elementni bajarishi lozim. 
Himoyachining himoyachiga qarshi taktikasi 
Ikki nafar himoyachi o’rtasidagi musobaqalarda “aks harakatlar” deb 
ataluvchi harakatlar g’alaba keltiradi. Ya’ni o’xshash zarbalar beriladi. Boshqa 


holatda kombinatsiyalar himoyalanuvchi o’yinchi kombinatsiyasiga qarshi 
kombinatsiya ishlatish yoki shuning aksi bo’ladi. 
Juftlik o’yinlar taktikasi 
Juftlik o’yinlarda muvaffaqiyatga erishish sherikni to’g’ri tanlash va 
uyg’unlikka bog’lik. Sherik o’yin uslubiga va tez siljiy olish qobiliyatiga qarab 
tanlanadi. 
Hujumkor uslubdagi tennischilar juftligi taktikasi yaqin zonada o’ynaydi. 
Kamdan - kam hollarda o’rta zonada o’ynaydi va stoldan uzoqda qariyb 
o’ynalmaydi. Stol yaqinida joylashish tezkor о’yin olib borish imkoniyatini beradi. 
Variantlar raqib sharni qaytarayotganda o’z sherigiga xalaqit berishiga asoslangan. 
Buning uchin shar turli tomonlarga yo’naltiriladi, bu esa raqiblarni stolning turli 
burchaklariga joylashishiga majbur etadi. Keyin shar ikki marta bir joyga 
yo’naltiriladi. Bu taktika, ayniqsa, raqiblarning uyg’unligi zaif bo’lganida yoki 
raqiblar yomon siljishlarida juda qo’l keladi. 
Kombinatsiyalashgan uslubdagi tennischilarning o’yin taktikasi juda 
universal. Uning asosiy foydaliligi hujumni himoya bilan aqlli olib borish, raqiblar 
uchun noqulay bo’lgan zarbalarni ko’proq berishdan iborat. Shuning uchun ham 
keyingi paytlarda bir - birini to’ldiradigan hujumchi va himoyachidan juftliklar 
tuzilmoqda. Bunday juftliklar raqiblar uchun ancha noqulay bo’lishi mumkin. Bunga 
faqat avtomatizm darajasiga etkazilgan o’zaro uyg’un hamda sherigini tushunish 
orqaligini erishish mumkin. 
Himoya uslubidagi tennischilar juftligi asosiy e’tiborlarini zarbalarini 
hujumkor harakatlar hamda yakunlovchi zarbani berish uchun noqulay bo’lgan 
Joyga sharni yo’naltirishga qaratadilar. Raqiblarga kuchli psixologik ta’sirni har 
ikkala sherikning qarshi hujumlari o’tkazadi. Agar sheriklardan biri qarshi hujumda 
kuchsiz bo’Isa, u sharni raqibga noqulay bo’lgan joyga yo’naltirishga harakat qiladi. 
Sherigi esa qulay paytda hal qiluvchi zarbani beradi. 
Agar har ikkala sherik ham qarshi hujum taktikasida zaifroq bo’lsa, ular faqat 
raqiblarning xatti - harakatlarini kutishga majburlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin