bir oyoqda turib, ikkinchi oyoq 20-30 sm. yuqoridagi tayanchda
(zinapoya)
turadi, tanchda turgan oyoqqa turib qaytish, har bir oyoqda 20 tadan bajaramiz;
30-40 sm. balandlikdagi tayanchga o’tirgan holatdan turib- o’tiramiz, har
bir oyoqda 20 tadan;
oldindagi mashqni bir oyoqda bajaramiz, har birida 10 tadan;
30-40 sm. balandagi tayanchda bir oyoqda turib, oyoqni to’g’ri ko’tarib-
tushuramiz, har bir ayoqda 10 tadan.
Yelka kamariga va qo’llar bilan erga tayangan holda mashqlar:
qo’llarni bukib - yozish
(otjimanie)
turli dastlabki holatlardan: yotib
tayangan holda, tizzaga yotgan holda, bir oyoqqa yotgan holda, oyoqlarni balandroq
qo’yib
(skameykaga),
qo’llarni balandroq qo’yib bajarish;
o’ng qo’ldan chap qo’lga qadamlash va qaytish, har qadamlaganda, kaftlar
20-30 gradusga buriladi oldin tashqi tomonga iloji boricha, keyin ichkariga oxirgi
ilojigacha, qo’ldan-qo’lga qadamni 20-25 marta bajariladi;
o’tirib tayangan holdan yotish holatigacha qo’lda yurish va qaytish, 10
marta;
o’tirib, oyoqlar bukilgan, qo’llar orqaga tayanib orqaga qo’llar bilan iloji
boricha uzaqroqqa yurish va qaytish, 6-8 marta qaytariladi;
o’tirgan holatda, qo’llar orqada 30^10 sm. balandlikda tayanib, qo’llarni
bukib - yozish, 10-12 marta qaytariladi;
chalqancha yotgan holda, qo’llar orqaga, oyoqlar 30-40 sm. balandlikda
tayangan, qo’llarni bukib-yozish, 8-10 marta qaytariladi;
tayanib yotgan holatdan o’tirgan holatga tezda almashish, 10 marta
bajariladi.
Dostları ilə paylaş: