Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Uloqtirish mashqlari 
Og’ir to’p bilan-ikki qo’llab bosh tepasidan, bir qo’llab to’p uzatish usulida, 
yonboshdan ikki qo’llab o’ngdan va chapdan zarba bergandek kabi va h.k. 
Nayza uloqtirish. 
To’p uzatish usulida granata yoki tosh uloqtirish. 
Og’irlik bilan bajariladigan mashalar: 


To’p uzatish usulidagi kabi bolta bilan to’nkani yorish. 
Yengil atletika bosqonini gorizontal tekislikda ikki qo’llab turli yo’nalishda 
aylantirish, xuddi shu kabi bir qo’lda aylantirish. 
Yelkada shtanga ko’tarib yoki qo’llarni uzatib yuk ushlab turib, gavdani 
burish. 
Yelkada shtanga ko’tarib o’tirib-turish. 
Rezina amortizator bilan mashqlar - uchi mahkamlangan amortizatorni tennis 
zarbasi kabi harakat bilan cho’zish. 
Tezkorlik 
Tezkorlik - odamning faoliyat 
(aqliy, mehnat, sport va boshqa)m
eng qisqa 
vaqt ichida bajarish qobiliyatidir. Tezlik deganda inson harakatining bevosita va 
asosan tezlik xususiyatlarini hamda harakat reaksiyasining vaqtini belgilovchi 
funksional xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Tezlik ko’rinishini baholashda 
quyidagilar farqlanadi: 
Harakat reaksiyasining yashirin 
(latent)
davri; 
Bitta harakatning tezligi 
(kichik tashqi qarshilikda
); 
Harakat chastotasi. 
Ushbu ko’rsatkichlar turli tezlik qobiliyatini ko’rsatadi. Bu uch ko’rsatkich 
birgalikda tezlikning har qanday ko’rinishini baholashga imkon beradi. Maksimal 
tezlikda bajariladigan ko’pchilik harakatlarda ikki davr tafovut etadi: a) tezlikning 
ortishi davri 
(tezlanish davri)’,
b) tezlikni nisbiy stabilizatsiya davri. Birinchi davrga 
startdagi tezlanish, ikkinchi davrga esa distansion tezlik xos. 
Fiziologik tasavvurlarga ko’ra harakat reaksiyasining yashirin davri besh 
qismdan tashkil topadi: 

retseptorda qo’zg’alishni vujudga kelishi; 

qo’zg’alishning markaziy nerv sistemasiga uzatilishi; 

qo’zg’alishning nerv markazalariga o’tishi va effektor 
(javob, harakat)
signalining shakllanishi; 

signalning markaziy nerv sistemasidan mushakka o’tkazilishi; 

mushakning qo’zg’alishi va unda mexanik faollikning paydo markazlariga 


o’tishi va javob signali shakllanishiga sarf bo’ladi. Maksimal tezlikda bajarilgan 
harakatlar o’zining fiziologik xususiyatlariga ko’ra soniyain bajariladigan 
harakatlardan farq qiladi. Eng asosiy farq Shundan iboratki, harakatni maksimal 
tezlikda bajarish vaqtida sensor korreksiyalar qiyinlashadi. Katta tezlikda juda aniq 
harakatlarni bajarishning qiyinligi shu bilan izohlanadi. 
Tezlikning sifati ko’p jihatdan tug’ma bo’ladi. Lekin mashqlar ta’sirida uni 
rivojlantirish mumkin. Tezlik kichik va o’rta maktab yoshidagi bolalarda yaxshi 
rivojlanadi. Tezlikni rivojalantirish uchun optimal yosh 8 - 11 yosh hisoblanadi. 
o’rgatishning dastlabki bosqichlarida tezlikni rivojlantirshning eng yaxshi vositalari 
bo’lib qisqa masofaga yugurish, sakrashlar, gimnastika va akrobatika mashqlari, 
ayniqsa harakatli o’yinlar hamda estafetalar hisoblanadi. Tezlikni rivoj lantirishning 
asosiy usullari qaytarish, о’yin va musobaqa usullaridan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin