bir sportchini yo’li o’zgacha bo’lib individual tarzda kechadi. Tennischini
texnikaviy, taktikaviy va musobaqaviy tayyorgarliklari juda keng ko’lamda bo’lib,
uning vaqti individual reja asosida bo’ladi, har bir tennischi kunlik mashg’ulotlar
davridan individual rejadan kelib chiqib va istiqbolli rejadagi shaxsiy vazifalar
asosida jismoniy tayyorgarlik uchun optimal vaqtni belgilashi kerak.
Tennischi uchun zarur bo’lgan umumiy sifatlar majmuasiga quyidagilar
kiradi: mushaklarni bo’shashtirish
(erkin)
qobiliyati va egiluvchanlik, kuch,
tezkorlik, sakrovchanlik, chaqqonlik va chidamlilik, bu sifatlarni har birini yuqori
darajada rivojlanishi uchun odatda boshqalari maTum darajada rivojlangan bo’lishi
shart. o’yindagi harakatlarda ular alohida yakkalikda namoyon bo’lmaydi. Misol
uchun uzoqqa sakrab parvozdagi sharga zarba berish bu-tezkorlik, sakrovchanlik va
chaqqonlik kabi sifatlarni birgalikdagi qo’shilishidan iborat emasmi? shundan kelib
chiqib, sifatlarni tarbiyalash ko’pincha aralash xarakterda bo’lib, asosan, bu tarbiya
majmuaviy vositalar yordamida, misol uchun sakrash, yugurish, darvazabonlik,
akrobatika mashqlari kabi.
Jismoniy tayyorgarlik sifatlarni kelishilgan garmonik rivojlanishini nazarda
tutadi; biroq; stol tennisini maxsus jihatlarini hisobga olmasdan, yondashish
natijasida bir xillari noto’g’ri shakllanib qolishi mumkin. Misol uchun kuchni
rivojlantirishga yuqori darajada e’tibor qilib, chaqqonlik va mushaklarni
bo’shashtirish qobiliyatini so’ndirib qo’yish mumkin va harakatlar doimo
taranglashuvi shart bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: