hatolardan. Zarbani yakunlashda to’liq harakatni yakunlamasdan qo’l to’xtab
qolishida ham xatolarda yo’l qo’yiladi.
Texnikani bunday takomillashtirish aniqlikni va tez suratdagi zarbalar kuchini
oshirish yo’lidan boradi. o’rganishning bu davridagi tennischidan oyoq va gavda
mushaklarining maxsus tayyorgarligini talab qiladigan murakkab, burama shar
uzatishga kirishish lozim. Shar uzatishlarni o’rgatishdan oldin sharsiz ham
imitatsiya qilishga o’rganish kerak. Shar uzatishlarni o’rganish uchun maxsus mashq
disklaridan va maxsus stanok-trenajyorlardan
(robot trenajyor)
foydalanish
mumkin.
Murakkab shar uzatishlarni qabul qila olishni o’rganish ham juda muhim.
Shar uzatishlarni qabul qilish sherik bilan birgalikda o’rganiladi. Tennischilar
navbat bilan bir turdagi sharlarni turli yo’nalishlarda o’rganadilar. Yana to’rdagi
uslubni o’rganishda faqat oldingi metodni yaxlit o’zlashtirgandan keyingina
kirishish mumkin. Shu bilan birga avvaliga juftlik, keyin esa bir o’yinchiga
mo’ljallangan maxsus metodlarni qo’llashni ham o’zlashtirib boradilar.
O’rganishning dastlabki davrida va mashg’ulotlarda ma’lum bir о’yin
uslubini tanlash va shakllantirish muhim uslubiy davr hisoblanadi. Stol tennisida
o’yin uslubini shakllantirish bir qancha omillarga bog’liq: harakat sifatlarining
mavjudligi, asab tiziming psixik jarayonlari va tipologik o’ziga xosliklar.
Taktik harakatlarni o’rganish yosh tennischilar bilan ishlashdagi eng qiyin
yo’nalishlardan biri. Texnik usullarni o’rganishdan ko’ra tennischilar zarbalar bilan
bog’liq usullarni o’rganishlari qiyinroq. Taktik o’yinlarda taktik variantlarda eng
asosiy e’tiborni raqibni harakatini kuzatishga qaratish kerak. Bunday kuzatuv
tennischiga berilayotgan zarbani qaysi tarafga ketishini oldindan bilishga va unga
karshilik ko’rsatishga tayyorlanishga yordam beradi. Taktik kombinatsiyalarni har
xil mashqlarda va tayyorgarlik o’yinlarida o’rganish sportchilarni hisob orqali
o’yinga yaxshiroq tayyorlanishiga yordam beradi. Bellashuv xarakteriga va
kelajakda bellashuvlarda qatnashishda o’yin davomida xisobdan tashqari taktika
bo’yicha konkret masalalarni o’tkazish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: