tayyorgarlik sportchilarni tayyorlashning boshqa tomonlari bilan chambarchas
bog’langan. Yuqori darajada rivojlangan tezlik, kuch, chakkonlik, egiluvchanlik va
chidamlilik sport texnikasi va taktikasini egallashning asosiy sharti bo’lib qolmoqda.
Shu bilan birga jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etish muhim psixologik va
axloq-iroda fazilatlarini shakllanishiga olib keladi.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikdan iborat. Umumiy
jismoniy tayyorgarlik- jismoniy fazilatlarni yuqori darajada rivojlantirishni
ta’minlash, to’g’ri jismoniy rivojlanish va har tomonlama jismoniy
tayyorgarlanganlik uchun funksional-jismoniy asosni hosil qilishdan iborat.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalar hal qilinadi:
shug’ullanayotganlarning har tomonlama jismoniy rivojlanishi;
salomatlikni mustahkamlash;
funksional imkoniyatlarni oshirish;
sportga oid ish qobiliyatini oshirish;
asosiy jismoniy fazilatlarni rivojlantirish;
hayot uchun muhim bo’lgan harakatli ko’nikma va malakalarni
takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: