Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


Jismoniy sifatlarni rivojlantirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Jismoniy sifatlarni rivojlantirish 
- kuch, tezkorlik, chidamlilik, 
koordinatsiya jihatlari mashg’ulotning asosiy qismida hal qilinadi. Y.A.Golenko, 
A.P.Skorodumova va Sh.A.Tarpishevlarning “Shkola tennisa” 
(2001)
kitoblarida 
tennischini maxsus jismoniy tayyorgarligidagi eng muhim jihatlar sifatida quyidagi 
tarkibiy qismlarni ajratib o’tadilar: 
Tezlik jihatlariga kiruvchi: 

harakat reaksiyasini latent vaqti; 

yakka harakat tezligi; 

harakat chastotasi; 



harakatni tez boshlash (rezkost). 
Kuch - harakatlarni almashinish tezligini tubdan oshiradi, sakrashni balandligi 
va uzunligini, zarba kuchini oshirib o’zgartiradi. 
Chaqqonlik - birinchidan, tennischining asosiy zarbalarni o’zlashtirish 
tezligida namoyon bo’ladi, ikkinchidan, o’yinni turli xil taktikada boshqarishdagi 
har turdagi zarbalarni bajarish imkoniyatida ko’rinadi. 
Egiluvchanlik-zarba harakatlarini keng amplitudasini ta’minlaydi. 
Kuch sifatlarini rivojlantirish 
Sportchining kuchi - mushak zo’riqishlari orqali tashqi qarshilikni engish yoki 
unga qarshi turish qobiliyatidir. Mushak kuchi ma’lum darajada harakat tezligini 
belgilaydi hamda chidamlilik va chaqqonlikning vujudga kelishini ta’minlaydi. 
Bunda ikkita narsani farqlash lozim: 

kuchni harakatning mexanik xususiyati sifatida; 

kuchni insonning muayyan fazilati sifatida. 
Mushaklar o’z kuchini quyidagicha namoyon qilishi mumkin: 

o’z uzunligini o’zgartirmagan holda (statik, izotermik rejim); 

uzunligi kamayganda (engib utuvchi, miometrik rejim); 

uzunligi cho’zilganda (yon beruvchi, polimetrik rejim). 
Yengib yutuvchi va yon beruvchi rejimlar «dinamik rejim» tushunchasiga 
birlashadi. Harakat kuchi ko’p jihatdan harakatlanayotgan tananing massasiga va 
siljish tezligiga bog’liq. Quyidagi kuch qobiliyatlarini farqlash mumkin: 

xususiy kuch qobiliyati (statik rejimda va soniyain harakatlardagi kuch); 

tezlik - kuch qobiliyati (tez harakatlardagi «dinamik» kuch). 
Kuchning muhim turi bo’lib «portlash kuchi» hisoblanadi. «Portlash kuchi» 
sportchining eng qisqa vaqt ichida kuchning katta ko’rsatkichlarini namoyon qilish 
qobiliyatidir. 
Turli og’irlikdagi odamlarning kuchini solishtirish uchun odatda nisbiy kuch 
iborasidan foydalaniladi. Nisbiy kuch deganda xususiy vaznning xar 1 kg.ga to’g’ri 
keladigan kuch miqdori tushuniladi. Qandaydir harakatda odam namoyon qilgan 
kuch, xususiy vaznni hisobga olmagan holda baholaganda absolyut kuch deb ataladi. 


Absolyut kuch dinamometr ko’rsatikchi, ko’tarilgan shtanganing og’irligi bilan 
aniqlanishi mumkin. 
Nisbiy kuch = absolyut kuch - xususiy vazn 
Bir xil mashq qilgan turli vaznli kishilarda vazn ortishi bilan absolyut kuch 
ortadi, nisbiy kuch esa kamayib boradi. 
Kuchning namoyon boTishi mushaklarning zo’riqishiga bogTik boTadi. 
Kuch odamning barcha harakatli imkoniyatiarining biologik asosini tashkil qiladi. 
o’yin taktikasi va texnikasini muvaffaqiyatli o’zlashtirish ko’p jihatdan ushbu 
fazilatga bog’liq. Sportchi statik, dinamik, va portlash kuchlarining kerakli 
darajalarini ko’rsatgan taqdirdagina o’zini musobaqalarga tayyor deb hisoblashi 
mumkin.
Statik kuch kuchning boshqa hamma ko’rinishlarini asosi hisoblanadi. 
Dinamik kuch ko’p martaba qaytariladigan tezkor harakatlarni ta’minlaydi. Portlash 
kuchi maksimal tezlikda bajariladigan alohida (yakka) harakatlar uchun o’ta muhim. 
Kuchni rivojlantirishning ikki turi farqlanadi: umumiy tayyorgarlik va maxsus 
tayyorgarlik. Umumiy tayyorgarlik mushaklarning barcha guruhlariga maqsadli 
ta’sir etish va kuch ko’rinishining barcha majmualarini takomillashtirishni ko’zda 
tutadi. Maxsus tayyorgarlik o’z mohiyatiga ko’ra sportning muayyan turiga muhim 
bo’lgan kuch fazilatlarini maqsadli rivojlantirishga qaratilgan tezlik-kuch 
tayyorgarligidir. Kuch tayyorgarligining asosiy qoidasi - kuchni harakatning tezligi 
va chaqqonlik bilan birgalikda bir tekis, har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Shu 
bilan birga dinamik yuklamalar usuliga ko’prok e’tibor qaratiladi. Kuch 
tayyoragrligining vositalari bo’lib qarama-qarshilikni (snaryad va jihozlarning 
vazni, xususiy tana vazni, maxsus jihozlarning og’irligi va h.k.)ni engish bilan 
bog’liq bo’lgan turli mashqlar hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin