Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

1.3. O’yin qoidalari 
Stol tennisi paydo bo’lganidan boshlab, o’yinning rasmiy qoidalari bir necha 
marta o’zgartirilgan va hozirgi kunda o’yin 2012-yilda o’matilgan qoidalar asosida 
o’tkazib kelinmoqda. Stol tennisining batafsil qoidalari bir necha o’n sahifa hajmga 
ega, ko’pchilik mamlakatlar federatsiyalari o’zlarining qoidalarini ITTF o’rnatgan 
qoidalarga muvofiq ravishda qabul qilganlar. 
Oldinlari partiyalardagi hisob 30, 50, 100 xisobgacha davom qilgan, o’yin 
erkaklar va ayollar o’rtasida aralash tarzda o’tkazilgan. 1948-yilda ITTF yangi o’yin 
qoidalarini ishlab chiqqanidan so’ng erkak bilan erkak, ayol bilan ayol o’ynashi 
belgilab qo’yilgan. Muqaddam 5 xisobgacha 1- o’yinchi, so’ngra 5 xisobgacha 2-
o’yinchi Sharni o’yinga kiritgan. ITTFning 1998-yildagi yangi qaroriga asosan 
Sharni o’yinga kiritish 5 xisobdan 2 xisobgacha, hisob esa 21 xisobdan 11 
xisobgacha qisqartirilgan. 
O’yindagi atamalar: 

“o’ynash” - shar о’yin holatida bo’lgan vaqt oralig’i; 



“Shar- o’yinda” - oldindan o’ylangan sharni tashlash oldidan tinch turgan 
panjada joyla shuvining oxirgi lahzasidan to o’yinni qaytadan boshlash qarori qabul 
qilinguncha yoki о’yin tomonlardan biriga xisob berilishi bilan yakunlanguncha 
bo’lgan davr; 

“qayta tashlash” - natijasi hisobga olinmagan о’yin; 

“xisob” - natijasi hisobga olingan о’yin; 

“oshiruvchi” - o’yinda sharga birinchi bo’lib zarba berishi lozim bo’lgan 
sportchi; 

“qabul qiluvchi” - o’yinda sharga ikkinchi bo’lib zarba berishi lozim 
bo’lgan sportchi. 
Sharni oshirish 
Stol tennisida sharni oshirish quyidagi qoidalarga ko’ra amalga oshiriladi: 

shar-ochiq kaftdan yuqoriga vertikal ravishda 16 sm.dan kam bo’lmagan 
balandlikka tashlanishi lozim; 

kaftdan ajralib chiqqan vaqtdan to raketka bilan zarba berish vaqtigacha 
shar stol yuzasidan balandda va stol chekkasining yuqori chegara chizig’idan 
tashqarida bo’lishi lozim; 

sharni oshiruvchi sharga shunday zarba berishi lozimki, shar stolning 
oshiruvchi tomondagi yarmiga urilishi, so’ngra to’rning ustidan yoki aylanib o’tib, 
stolning qabul qiluvchi tomondagi yarmiga tegishi lozim. Juftlik bahslarida esa shar 
stolning oshiruvchi tomondagi o’ng yarmiga tegishi, boshqacha aytganda, shar 
diagonal bo’ylab harakatlanishi lozim; 

shar oshirilayotganda sharni qabul qiluvchi 
(juftlik bahslarida qabul 
qiluvchilar)
va hakam jarayonning barcha qismlarini aniq ко’rib turishi kerak; 

shar oshirish jarayonini raketkani ushlab turgan qo’l, tana yoki kiyim bilan 
bekitish mumkin emas; 

shar, sharni oshiruvchining kaftidan ajralgan zahoti uzatilgan hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin