mikrotsikl - bazaviy, kirishtiruvchi, o’quv-mashg’ulot, musobaqa oldi,
musobaqa va tiklanish;
mashg’ulot vazifasi - ta’lim, sog’lomlashtirish va tarbiyaviy;
ta’lim vazifalari mashg’ulot o’tkazish nazariyasi va amaliyotida
vazifalarni qo’yish va ifodalash qoidalari qabul qilingan:
1.“Texnika bilan tanishtirish” (mashq yoki yoki o’rganilayotgan element
ko’rsatiladi).
2. “O’rganish___________________”,
3. “Takomillashtirish_____________”.
Sog’lomlashtirish vazifalari jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlikni
ta’minlashni, qomatni shakllantirishni va mashqlarning Shug’ullanuvchilar
organizmiga sog’lomlashtiruvchi ta’sir ko’rsatishi uchun maqbul shart-
sharoitlarni ta’minlashni nazarda tutadi. Masalan, “To’g’ri qomatni shakllantirish,
yurish va yugurish vaqtida tananing erkin holatiga erishish”, “Kross yugurishdan
foydalanib, umumiy chidamlilikni rivojlantirish”
Jismoniy sifatlarni rivojlantirish vazifalarini hal etishda: “Qisqa
masofalarga yugurishda harakatlar tezkorligini tarbiyalash”, “Yugurib kelib
uzunlikka sakrashni bajarishda tezlik-kuch sifatlarini tarbiyalash” va h.k.
Misollardan ko’rinib turibdiki, vazifani ifodalashda birinchi so’z - bu tarbiyalash,
keyin aniq bir jismoniy sifat va keyin albatta ushbu vazifani hal etishga yordam
beruvchi mashq ko’rsatiladi.
Tarbiyaviy vazifalari - jismoniy mashqlarning sportchi shaxsi fazilatlari va
xislatlarini tarbiyalashga ijobiy ta’sir qilishini ta’minlaydi. Masalan, “3 km
yugurishda chidamkorlik hissini tarbiyalash” va x.k.
O’M reja-bayonnomani ishlab chiqish va guruhda o’tkazish: UJT, MJT,
avianma, texnik, taktik va integral yo’nalishi bo’yicha
Dostları ilə paylaş: