Rustamjon O‘rinov
@Ona_tili_va_adabiyot_N1 (telegram kanalimiz)
O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI
Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o‘ziga xos ko‘rinishi
sanaladi.
So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka
yetaklaydi. Shu ma’noda har bir xalq o‘z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga
tatbiq etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o‘tishi
bilan u eskirdi,
amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar
boshlandi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab
chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu
jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995-
yilning 24-avgustida 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U
82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Harflar imlosi:
a) unlilar imlosi (1—7-bandlar);
b) undoshlar imlosi (8—32-bandlar).
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar).
3. Qo‘shib yozish (38–50-bandlar).
4. Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar).
5. Ajratib yozish (57—56-bandlar).
6. Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar).
7. Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar).
UNLILAR IMLOSI
Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o‘rin ajratilgan.
A a harfi
savol, zamon, bahor so‘zlarida
«o» kabi
aytilsa ham har vaqt «a» yoziladi.
O o harfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda
«a» singari talaffuz etiladi, biroq hamisha
«o» yoziladi:
kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k.
Shuningdek,
o ba’zan
o‘ kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir «o» yozilaveradi:
tonna, noyabr, boks,
tort va h.k.
Ii harfi bilan,
bilim, til, tilak, har xil, qism kabi so‘zlarda qisqa aytiladi va «
i» yoziladi,
badiiy, ommaviy,
Lutfiy singari so‘zlarda «
i» cho‘ziq aytiladi,
lekin doimo «iy» yoziladi.
Uu harfi
yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun kabi so‘zlarda «
i»ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan
«u» yoziladi.
O‘o‘ harfi
o‘zbek, o ‘lka, o‘simlik kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, lablangan unli tovushni ifodalash
uchun yoziladi.
E e harfi
e’lon, ehtirom, fe’l, bermoq, meros, mone, tole, kofe kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng,
lablanmagan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi:
«
e», «
ё»,
«ю», «я»
harflari yangi alifboda quyidagicha yoziladi:
e: yetti, yetmish, yetim;
yo: yolg‘iz, yomon, yong‘oq;
yu: yulduz, yumshoq, yumuq.
ya: yakka, yangi, yaroqsiz.
Milliard, material, million, radio, ukrain, said, doim, shoir, teatr, okean singari so‘zlar talaffuzida unlilar
orasida
«y» undoshi qo‘shib
aytilsa-da, yozuvda tushib qoladi.
Taassurot, taalluqli, taajjub, matbaa, saodat, maorif, muomala, inshoot kabi so‘zlar o‘rtasidagi unlilar
yozuvda saqlanadi.