Rustamjon O‘rinov



Yüklə 326,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix19.06.2023
ölçüsü326,98 Kb.
#132782
  1   2   3   4   5   6
O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI



Rustamjon O‘rinov
 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1 (telegram kanalimiz) 
O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI 
Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o‘ziga xos ko‘rinishi 
sanaladi. 
So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka 
yetaklaydi. Shu ma’noda har bir xalq o‘z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga 
tatbiq etadi. 
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o‘tishi bilan u eskirdi
amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar 
boshlandi. 
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab 
chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu 
jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995-
yilning 24-avgustida 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U 
82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 
1. Harflar imlosi: 
a) unlilar imlosi (1—7-bandlar); 
b) undoshlar imlosi (8—32-bandlar). 
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar). 
3. Qo‘shib yozish (38–50-bandlar). 
4. Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar). 
5. Ajratib yozish (57—56-bandlar). 
6. Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar). 
7. Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar). 
 
UNLILAR IMLOSI 
Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o‘rin ajratilgan. 
A a harfi savol, zamon, bahor so‘zlarida «o» kabi aytilsa ham har vaqt «a» yoziladi. 
O o harfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda «a» singari talaffuz etiladi, biroq hamisha «o» yoziladi: 
kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k. 
Shuningdek, ba’zan o‘ kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir «o» yozilaveradi: tonna, noyabr, boks, 
tort va h.k. 
Ii harfi bilan, bilim, til, tilak, har xil, qism kabi so‘zlarda qisqa aytiladi va «i» yoziladi, badiiy, ommaviy, 
Lutfiy singari so‘zlarda «i» cho‘ziq aytiladi, lekin doimo «iy» yoziladi. 
Uu harfi yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun kabi so‘zlarda «i»ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan 
«u» yoziladi. 
O‘o‘ harfi o‘zbek, o ‘lka, o‘simlik kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, lablangan unli tovushni ifodalash 
uchun yoziladi. 
E e harfi e’lon, ehtirom, fe’l, bermoq, meros, mone, tole, kofe kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, 
lablanmagan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi: 
«e», «ё», «ю», «я»
 
harflari yangi alifboda quyidagicha yoziladi: 
e: yetti, yetmish, yetim; 
yo: yolg‘iz, yomon, yong‘oq; 
yu: yulduz, yumshoq, yumuq. 
ya: yakka, yangi, yaroqsiz. 
Milliard, material, million, radio, ukrain, said, doim, shoir, teatr, okean singari so‘zlar talaffuzida unlilar 
orasida «y» undoshi qo‘shib aytilsa-da, yozuvda tushib qoladi. 
Taassurot, taalluqli, taajjub, matbaa, saodat, maorif, muomala, inshoot kabi so‘zlar o‘rtasidagi unlilar 
yozuvda saqlanadi. 

Yüklə 326,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin