Rustamjon O‘rinov



Yüklə 326,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix19.06.2023
ölçüsü326,98 Kb.
#132782
1   2   3   4   5   6
O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI

CHIZIQCHA BILAN YOZISH 
1. Juft yoki takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid, kecha-kunduz, qing‘ir-
qiyshiq; tog‘-tog‘, sekin-tez kabi. 
2. Juft so‘zlar orasida -u, -yu yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 
erta-yu kech, osh-u non, oy-u quyosh, bola-yu chaqa kabi. 
3. Qop-qora, yam-yashil, to‘ppa-to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi. 
4. Uyma-uy, oyma-oy, dam-badam singari o‘rtasida -ma yoki -ba qo‘shimchalari kelgan so‘zlar chiziqcha 
bilan yoziladi. 
5. -mi, -gina (-kina,-qina), -oq (-yoq) yuklamalaridan tashqari barcha affiks yuklamalar chiziqcha bilan 
yoziladi: sen-chi, biz-a, keldi-da, ukasi-ku kabi. 
6. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 6-xona, 2001-yil, 8-mart. 
Rim raqamlaridan so‘ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob. 
KO‘CHIRISH QOIDALARI 
1. Satrga sig‘may qolgan so‘zlar keyingi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi: tad-birkor, tadbir-kor, kol-
lej, ma’-lum, ta’-lim kabi (tutuq belgisi birinchi bo‘g‘inda qoldiriladi). 
2. So‘z boshida kelgan yolg‘iz unli hech vaqt yakka o‘zi qoldirilmaydi: e’-lon emas e’lon, u-ka emas uka, 
mudofa-a emas mudo-faa singari. 
3. So‘z tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, 
mono-grafi-ya, foto-grafiya kabi. 
4. Sh, ch, ng harflar birikmasi doim birgalikda yoziladi: ko-shona, pu-chuq, de-ngiz kabi. 
5. Qisqartma so‘zlar, yil, oy, raqam bilan yozilgan sonlar keyingi qatorga ko‘chirilmaydi: O‘zMU, 
ToshDPU, 2001, 19, XX kabi. 
6. 10-«A» sinf 26-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi ko‘rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi. 

Yüklə 326,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin