Rustamjon O‘rinov
@Ona_tili_va_adabiyot_N1 (telegram kanalimiz)
UNDOSHLAR IMLOSI
1. «B» tovushi
borib, javob, hisob, bob, xitob kabi so‘zlarda
«p», qibla, tobla so‘zlarida «v» tarzida aytilsa
ham
«b» yoziladi.
2.
Avtomat, avtobus, avtomobil kabi so‘zlarda «
v» tovushi «
f » tarzida tallafuz qilinsa-da, doimo «v»
yoziladi.
3.
Fursat, fizika, fabrika, fahm-farosat, fasl singari so‘zlarda «
f » tovushi
«p» kabi aytiladi, lekin asliga
muvofiq ravishda har doim «
f » yoziladi.
4.
Obod, ozod, faryod, tadbir, tadqiqot kabi so‘zlarda
«d» tovushi «
t » tarzida aytilsa-da, har vaqt
«d»
yoziladi.
5.
Iztirob, tuzsiz, bo‘zchi so‘zlarida
«z» tovushi «
s» kabi aytiladi, biroq hamisha asliga mos ravishda
«z»
yoziladi.
6.
J j harfi
jon, jahon, juma, g‘ijjak, vaj so‘zlarida til oldi, jarangli, portlovchi «
j»,
jurnal, ajdar, garaj, tiraj
so‘zlarida esa til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi
«dj» undosh tovushini ifodalash uchun yoziladi.
7.
Sh sh harfi
shahar, shimol, shoshmoq, osh, bosh kabi so‘zlarda til oldi, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovushni
ifodalash uchun yoziladi.
Sh harfi ikki tovushni ifodalasa, oraga tutuq belgisi qo‘yiladi:
Is’hoq, as’hob kabi.
8.
Ch ch harfi
chumoli, choy, achchiq, soch kabi so‘zlarda til oldi, jarangsiz, qorishiq undosh tovushni
ifodalash uchun yoziladi.
9.
R r harfi
rahmat, rahm, diyor; L l harfi
lola, bol, olmoq; N n harfi
non, ona, osmon; G g harfi
gul, ega,
eg; Kk harfi
kam, ikki, tok; Y y harfi
yetti, yuz, dunyo, toy; Ng ng harfi
ko‘ngil, tong, ong; Q q harfi
qizil, oq,
aql; G‘ g‘ harfi
g‘oz, og‘a, tog‘; X x harfi
xalq, axborot, baxt; H h harfi
hamma, hosil, ehson, isloh kabi
so‘zlardagi muayyan tovushlarni ifodalash uchun yoziladi.
10.
Farzand, band, poyezd so‘zlaridagi
«d» undoshi,
go‘sht, past, artist so‘zlaridagi,
«t» undoshi talaffuzda
tushib qolsa ham yozuvda doimo ifodalanadi.
11. Xuddi shuningdek,
metall, kilovatt, kongress kabi so‘zlar oxiridagi qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda
tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi.
12. Tutuq belgisi
a’lo, ta’lim, e’lon, she’r, fe’l kabi so‘zlarda unlidan keyin kelib, uning cho‘ziqroq
aytilishini ta’minlaydi.
13.
Mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda
o‘ unlisi cho‘ziqroq aytiladi, lekin tutuq belgisi qo‘yilmaydi.
14.
San’at, in’om, mas’ul kabi so‘zlarda unlidan oldin qo‘yilib, uning undosh tovushdan ajratib aytilishini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: