Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 51
w www.oriens.uz July 2021 ishlatiladi. Velslash jarayonining kamchiligi koks sarfining yuqoriligi, klinker bilan
oltin, kumush, mis, qo`rg`shin va boshqa metallarning yo`qolishi, uchirmalarning
ushlab olishning murakkabligi. Bugungi kunda rux ishlab chiqarishdan hosil bo`lgan
texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo`yicha ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Rux ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashni tadqiq qilish orqali
chiqindilar tarkibidagi muhim rangli metallarni ajratib olishni ratsional
texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
MUHOKAMA VA NATIJALAR - Metallurgik ishlab chiqarishda hosil bo`ladigan rux chiqindilaridan metallarni
ajratib olish bo`yicha oldindan bajarilgan tadqiqotlarni taxlil qilish;
- Rux ishlab chiqarishda hosil bo`ladigan rux chiqindilarining kimyoviy va
minerologik tarkibini o`rganish;
- Rux chiqindilaridan metallarni ajratib olish jarayonlarini optimal
parametrlarini aniqlash bilan tadqiq qilish;
- Rux chiqindilari hosil bo`lmaslik usullarini o`rganish;
- Rux chiqindilaridan metallarni ajratib olishda eritmalarni tarkibidagi metallar
birikmalarini o`zgartirish holatini tadqiq qilish;
- Tajriba sinovlarini o`tkazish, ishlab chiqilgan texnologiyaning texnik-iqtisodiy
samaradorligini aniqlash va uni amalga oshirish bo`yicha amaliy tavsiyalar berish.
Hozirgi kunda butun dunyoda metallurgiya sanoati rivojlanib bormoqda.
O`zbekistonda ham metallurgiya sanoati so`ngi yillarda ancha rivojlandi. Shulardan
biri Olmaliq kon metallurgiya konbinatini misol qiladigan bo`lsak, so`nggi paytlarda
konbinatning
ishlab
chiqarish
hajmi
kengaytirilib,
yangi
tehnologiyalar
qo`llanilmoqda. Shu konbinatga qarashli rux ishlab chiqarish zavodiga e`tibor
beradigan bo`lsak, yilliga 100-120 ming tonna rux metali ishlab chiqilmoqda.
Rux ishlab chiqarish jarayoni quyidagicha: dastlab rux boyitmasi qaynar qatlam
pechida kuydiriladi, Hosil bo`lgan kuyindi 100-120 g/l li sulfat kislotasida tanlab
eritiladi. Tanlab eritish jarayonida harorat 60-70
0
C bo`lib, 2 soat davom etadi.
Jarayonda eritmaga 35-90 % rux, qisman kadmiy, temir, mishyak va boshqa metallar
o`tadi. Erimay qolgan qoldiq (kek)ning miqdori kuyindi miqdorining 20-25% ini
tashkil etadi. Tarkibi quyidagicha: (%) da Zn 18-23; Pb 4,8-11,7; Cu 0,25-1,28; Cd
0,08-0,2; Fe 23-32; S 4,7-10; va Ag 170-425 g/t; Au 1,0-2,0 g/t [1-4].
Kekda metallarning foizi yuqoriligining sababi rux oksidi, temir va kiremniy
oksidlari bilan reaksiyaga kirishib rux ferriti va rux silikatlarini hosil qilib qolishi va
kuymay qolgan rux sulfidlarining mavjudligidir. Kek tanlab eritish jarayonining
chiqindisi hisoblangani bilan, bu kek texnogen xomashyo hisoblanadi. Sababi