RUXSATNOMA
Hurmatli talaba
ABDUVOXIDOV IZZATILLO NAZIRJON O‘G‘LI
Siz
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli
56
-sonli Talabalar turar joyiga qabul qilindingiz. Yangi o‘quv yili boshidan
ushbu Talabalar turar joyining
510-
xonasiga joylashishingiz mumkin. Talabalar turar joyiga
joylashishdan avval belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirishingiz lozim. Siz ushbu
ruxsatnomani olish bilan bir qatorda TTJ nizomida keltirilgan quyidagi
ichki tartib-qoidalarga
rozi ekanligingizni ham tasdiqlaysiz.
Talabalar turar joyida amal qilishingiz shart bo‘lgan ichki tartib-qoidalar bilan tanishing:
•
Talabalar navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylarida navbatchilik
qiladilar va dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlaydilar;
•
TTJ hududida chekish, shovqin solish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, giyohvand
moddalardan foydalanish, qimor o‘ynash, diniy aqidalarni targ‘ibot etish, ruxsatsiz dam
olish kechalarini o‘tkazish, xonadan-xonaga ruxsatsiz ko‘chish qat’iyan man etiladi;
•
Soat 22.00dan kechikmasdan TTJda bo‘lishi lozim;
•
Har bir talaba kechqurun soat 22.00 dan 23.00 gacha yo‘qlama o‘tkazilishi nuqtai
nazaridan o‘z xonasida bo‘lishi shart;
•
TTJda o‘tkaziladigan hasharlarda, tevarak-atroflarni ko‘kalamzorlashtirish va
obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashishlari lozim;
•
TTJda istiqomat qiluvchilar 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari ijrosida faol qatnashishi
kerak;
•
Talaba yashab turgan xonasi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va
tartibli tutishi lozim;
•
Hamxonalar va TTJda yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo‘lishi
kerak;
•
TTJ va xonadagi mavjud barcha jihozlarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.)
namunali darajada toza va soz holatda tutish talab etiladi;
•
Elektr plitalaridan to‘g‘ri hamda tejamli foydalanish, qo‘lbola elektr isitgich asboblaridan
mutlaqo foydalanmaslik lozim;
•
Talaba TTJ direksiyasi direktori, tarbiyachi-pedagog, Talabalar Kengashi raisi, qavat
sardori, navbatchilar, mas’ul xodimlar va xizmatchilarni bajarish chegarasidagi talablariga
itoat etishi va so‘zsiz bajarishi lozim;
•
Talabalar chiqindilarni belgilangan joyga o‘z vaqtida chiqarib tashlashlari lozim;
•
TTJga joylashish jarayonida talabalardan TTJ direksiyasi direktori bilan shartnoma tuzib,
ichki tartib-qoidalarga rioya etish haqida kafolat xati olinadi.
Dostları ilə paylaş: |