S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova



Yüklə 458,9 Kb.
səhifə59/75
tarix03.09.2023
ölçüsü458,9 Kb.
#141369
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org

__________ R.Xolmurodov

2003 yil 13 yanvar

Samarqand Davlat universiteti kadrlar bo‘limi boshlig‘ining

ishni topshirishi haqida

DALOLATNOMA
2003 yi l14 yanvar Samarqand sh.

A s o s : Universitet rektorining 2003 yil 10 yanvardagi № 12- raqamli buyrug‘i.

Universitetning sobiq kadrlar bo‘limi boshlig‘i S.S.Yanova, yangi tayinlangan kadrlar bo‘limi boshlig‘i D.H.Otaxo‘jayeva, texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i A. Sharipov va ish yurituvchi H.Rafiqova ishtirokida tuzildi.

Universitetning kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlovchi S.S.Yanova ishni topshirdi, D.H.Otaxo‘jayeva qabul qilib oldi.

Ishni topshirish – qabul qilish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

1. Universitet professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlarning shaxsiy hujjatlari va kartotekalari to‘laligacha va tartib bilan saqlanmoqda. Ayni paytda, ularga oid ma’lumotnomalarning barchasi kompyuterda o‘z ifodasini topgan.

2. 1999 yilgacha bo‘lgan va amalda o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar arxivga topshirilgan.

Quyidagilar qabul qilib olindi:

1. Universitetda ishlaydigan 657 professor-o‘qituvchi va 426 xodimning shaxsiy hujjatlari ro‘yxat asosida.

2. 2000-2003 yillarda kadrlar tarkibi bo‘yicha qabul qilingan 96 ta buyruqning asl nusxalari va asosnomalari.

3. Arxivga topshirilgan hujjatlar ro‘yxati.

4. «Kadrlar bo‘limi» yozuvi aks etgan muhr hamda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlovchi to‘rtburchak muhr (shtamp).

I l o v a : 22 bet ro‘yxat, 2 nusxada.

Dalolatnoma uch nusxada tuzildi.
Ishni topshirdim S.S.Yanova

Ishni qabul qildim D.H.Otaxo‘jayeva

Ishtirok etganlar A.Sharipov

H.Rafiqova

-159-
«Tasdiqlayman»
Samarqand oziq-ovqat kolleji
direktori__________Sh.S.Fiyosov
2003 yil 15 yanvar
Samarqand oziq-ovqat kollejidagi sport jihozlarini
taftish qilish haqida

DALOLATNOMA
2003 yil 13 yanvar Samarqand sh.

Men, Samarqand viloyati o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi boshqarmasininng hisobchi-taftishchisi R.R. Masharipov, boshqarmaning 2002 yil 29 dekabrdagi № 214-buyrug‘iga asosan kollejning hisobchisi Ulash Pirimqulov va moddiy javobgar – sport yo‘riqchisi A.Akopyan ishtirokida mazkur o‘quv yurtiga tegishli sport jihozlarini taftish qildim.

Tekshirish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

1. 2001 yil 19 yanvardagi tekshiruv natijalari dalolatnomasi va inventarlarni ro‘yxatga olish kitobiga asosan kollejda quyidagilar mavjud bo‘lgan:

1. Shaxmat – 4 ta

2.Shashka – 6 ta

3. Bilyard – 2 ta

4. Voleybol to‘pi – 4 ta

5. Voleybol to‘ri - 1 ta

6. Futbol to‘pi – 3 ta

7. Futbol to‘ri – 2 ta

8. Tennis stoli – 2 ta

9. Tennis sharchalari – 16 ta

10. Sekund o‘lchagich – 2 ta

va ularning barchasi mavjud.

Quyidagilar taklif etiladi: Mavjud 2 ta shashka, 1 ta voleybol to‘pi, 11 ta tennis sharchasi, 2 ta futbol to‘pi yaroqsiz holga kelganligi uchun ularni hisobdan chiqarish maqsadga muvofiq.
Boshqarma hisobchi-taftishchisi R.Masharipov

Kollej hisobchisi U.Pirimqulov

Moddiy javobgar A.Akopyan
Dalolatnomalarning turlari ko‘p bo‘lganligi tufayli, ularning avvaldan belgilab qo‘yilgan namunalari bo‘lishi mumkin. Qanday namuna bo‘lishidan qat’iy nazar, asosiy matn boshqa hujjatlardagi
-160-
singari kirish, asosiy va xulosa qismlardan iborat bo‘ladi. Ya’ni dalolatnomani tuzishga qanday hujjat yoki ko‘rsatma asos bo‘lganligi, uni tuzishda kimlar ishtirok etganligi, qanday ishlar amalga oshirilganligi va qanday xulosalarga kelinganligi bayon etiladi. Tegishli shaxslar imzo chekkach, dalolatnoma zarur nusxada ko‘paytirilib, tegishli shaxslarga bir nusxadan beriladi.

Yüklə 458,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin