Biz bundan keyingi iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatimizni ana shu ro‘yxat asosida olib borishimiz lozim. Demak ularga ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan professor-o‘qituvchilar har bir talaba bilan individual tartibda ish olib borishi, ularda ilmiy ish olib borishga rag‘bat uyg‘otishi lozim. Ayni paytda, kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarur.
Aytilganlardan kelib chiqib, kafedra
q a r o r q i l a d i:
1. Iqtidorli talabalar bilan ishlash berilgan ro‘yxat asosida olib borilsin.
2. Har bir talabaning ilmiy rahbariga ular bilan shug‘ullanishni qat’iy reja asosida olib borish va o‘zbek tilshunosligi faniga rag‘bat uyg‘otish vazifasi yuklatilsin.
3. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilariga o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarurligi uqtirib o‘tilsin.
4. Iqtidorli talabalarning kafedra ilmiy hayotida faol ishtirok etish va turli nashrlarda maqolalar bilan qatnashish uchun sharoit yaratish har bir o‘qituvchining pedagogik burchi deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish A.A.Fafforov zimmasiga yuklatilsin. II. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risida.
-148-
Eshitildi: kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov quyidagilarni bildirdi: «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro ilmiy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deyishga asoslarimiz bor. Bu konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida o‘z xizmatlarini ayamagan kafedra a’zolariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ayniqsa professorlar B.O‘rinboyev, B.Yo‘ldoshev, dosentlar J.Hamdamov, Q.Usmonov va J.Eltazarovlarga katta rahmat. Turkiy tillar ravnaqi yo‘lida sezilarli iz qoldirgan ulug‘ ajdodimiz M.Koshg‘ariyga bag‘ishlangan konferensiyaning Samarqandda o‘tkazishlishi ayni muddao bo‘ldi. Bu konferensiyada aytilgan fikrlar, ilmiy yangiliklar tadqiqotchilarimiz uchun qo‘llanma, yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi desak yanglishmaymiz.
O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida prof. B.O‘rinboyev, dos. Z.Aliqulov, f.f.n. J. Eltazarovlar ham o‘z fikrlarini aytdilar.
Q a r o r q i l i n d i:
1. Kafedra mudiri prof. S.A.Karimovning «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
IV. Har xil masalalar.
4.1. Tayyor o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.
Eshitildi: ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri prof.S.A. Karimov gapirib, kafedra a’zosi dos. J.Hamdamov o‘quv rejasida ko‘rsatilgan «O‘zbek tili tarixi» faniga doir to‘rt qismdan iborat o‘quv qo‘llanmasining birinchi qismini tayyorlab, 1999 yilda nashr qildirganligini ma’lum qildi. Bu o‘quv qo‘llanmasi kam nusxada (100 dona) chop etilgani sababli o‘sha yildayoq tarqalib ketdi, nodir nashrga aylanib qoldi. Hozir talabalar orasida ushbu o‘quv qo‘llanmasiga ehtiyoj katta. Ularning ehtiyojini qondirish maqsadida muallif qo‘llanmani qaytadan ko‘rib chiqib, o‘zgartirishlar kiritgan, ayrim joylarni yangi materiallar bilan to‘ldirib, uning ikkinchi nashrini tayyorladi. Universitetimiz talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmani qayta nashr etish zarur deb hisoblayman.
Taklifni kafedra a’zolari prof. B.O‘rinboyev, prof. B. Yo‘ldoshev va prof. v/b N. Abdurahmonovlar o‘z chiqishlarida qo‘llab – quvvatladilar. -149- Q a r o r q i l i n d i:
1. J. Hamdamov tomonidan tayyorlangan «O‘zbek tili tarixi» o‘quv qo‘llanmasining qayta ishlangan, to‘ldirilgan nusxasi nashrga tavsiya etilsin;
2. Universitet o‘quv-uslubiy kengashidan ushbu qarorni qo‘llab quvvatlash so‘ralsin.
Kafedra mudiri prof. KARIMOV S.A.
Kotiba BERDIQULOVA M.X. Har bir tashkilot yoki muassasada, ularning bo‘lim va tarmoqlarida yig‘ilishlar muntazam ravishda bo‘lib turganligi uchun ular tartib raqami bilan rasmiylashtiriladi.
Zaruriyat yuzasidan majlis bayonnomasidan ko‘chirmalar berilishi ham mumkin. Ko‘chirma mazmuni ham aynan bayonnomaning o‘zi bo‘ladi. Farqi shundaki, Bayonnoma so‘zi o‘rniga Bayonnomadan ko‘chirma yoziladi. Qaysi masala bo‘yicha ko‘chirma olish lozim bo‘lsa, faqat o‘sha qism olinadi va oxirida ko‘chirmaning asliga to‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi. Masalan:
kafedrasining 2002 yil 28 noyabrda bo‘lib o‘tgan 5-majlisi
bayonnomasidan
KO‘CHIRMA II. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risida.
ESHITILDI: kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov quyidagilarni bildirdi: «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro ilmiy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deyishga asoslarimiz bor. Bu konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida o‘z xizmatlarini ayamagan kafedra a’zolariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ayniqsa professorlar: B.O‘rinboyev, B.Yo‘ldoshev, dosentlar J.Hamdamov, Q.Usmonov va J.Eltazarovlarga katta rahmat. Turkiy tillar ravnaqi yo‘lida sezilarli iz qoldirgan ulug‘ ajdodimiz M.Koshg‘ariyga bag‘ishlangan konferensiyaning Samarqandda o‘tkazishlishi ayni muddao bo‘ldi. Bu konferensiyada -150- aytilgan fikrlar, ilmiy yangiliklar tadqiqotchilarimiz uchun qo‘llanma, yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi desak yanglishmaymiz.
O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida prof. B.O‘rinboyev, dos. Z.Aliqulov, f.f.n. J. Eltazarovlar ham o‘z fikrlarini aytdilar.
Q a r o r q i l i n d i:
1. Kafedra mudiri prof. S.A.Karimovning «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.