S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova



Yüklə 458,9 Kb.
səhifə71/75
tarix03.09.2023
ölçüsü458,9 Kb.
#141369
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org

TUSHUNTIRISH XATI
Tushuntirish xati talaba yoki xodim, ishchi yoki xizmatchi tomonidan ta’lim-tarbiya yoki ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tartib-qoidaga rioya qilinmaganlik sabablari ko‘rsatilib yozilgan xatdir.
Rahbar o‘z nomiga yozilgan tushuntirish xati asosida xodimga nisbatan qanday chora ko‘rish-ko‘rmaslik haqida ma’lum xulosaga keladi. Uning zaruriy belgilari quyidagicha: tushuntirish xati kimga va kimdan yo‘llanmoqda, tushuntirish xati yozuvi, asosiy matn, imzo, sana. Namuna:


SamDU o‘zbek filologiyasi

fakulteti dekani T.Qurbonov-

ga 3-kurs talabasi Rayimshuku

rova Mohigul tomonidan
TUSHUNTIRISH XATI
2003 yilning 13 yanvar kuni ertalab Nuroboddan chiqqan avtobus Samarqand shahriga kechikib kelganligi sababli 1-juftlik darsga ulgura olmadim. Bu kamchilikni boshqa takrorlamaslikka harakat qilaman.

_______________ Rayimshukurova M.

2003.13.02.
FARMOYISH
Ma’lum tashkilot yoki muassasa ma’muriyati doirasida amal qilinadigan hujjatlardan yana biri farmoyish bo‘lib, u ham mazmunan buyruqqa o‘xshab ketadi. Farmoyish yordamida ham xuddi buyruqdagiday shu tashkilot yoki muassasa doirasida jamoa yoki alohida xodimlar zimmasiga ma’lum yumushlarni amalga oshirish vazifasi yuklatiladi. Uning buyruqdan farqi shundaki, ular kadrlar masalasiga oid bo‘lmaydi. Faqat ish faoliyati doirasini qamrab oladi va tashkilot yoki muassasa rahbari tomonidangina emas, balki o‘rinbosarlar, bo‘lim boshliqlari tomonidan ham chiqarilishi mumkin. Masalan, universitet doirasida farmoyishlar prorektorlar, fakultetlar dekanlari tomonidan chiqariladi va o‘z faoliyatlari doirasida huquqiy-ma’muriy kuchga

-184-
ega bo‘ladi. Uning buyruqdan yana bir farqi shundaki, buyuraman so‘zi o‘rniga tavsiya qilaman, ruxsat beraman, ma’qullayman singari so‘z va iboralar ishlatiladi. Namuna:

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
O‘zbek filologiyasi fakulteti


2003.22.01. Samarqand sh.
05


2002-2003 o‘quv yili qishki sessiyasini fakultet talabalari o‘rtasida amaldagi tartib-qoidalar va talablar darajasida o‘tkazish maqsadida muayyan ishlarni amalga oshirish zarur. Shu munosabat bilan quyidagilarni

TAVSIYA ETAMAN:
1. Barcha kafedralarda 2003 yilning 26 yanvaridan 8 fevraligacha bo‘lgan vaqtni qamrab oladigan qishki sessiya yakuniy nazoratlarini o‘tkazish grafigi belgilansin.

2. Har bir fan bo‘yicha bo‘ladigan yakuniy nazoratlarni obyektiv tarzda o‘tkazish maqsadida uch kishidan iborat komissiya tuzilsin.

3. Yakuniy nazoratlarning o‘z vaqtida o‘tishi va ballarning obyektiv q?yilishini ta’minlash kafedra mudirlari zimmasidagi ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tilsin.

Fakultet dekani dos. Qurbonov T.I.


Yüklə 458,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin