S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
тарихий грамматика

,-
un,-үn,-an,-әn
). 
Qadimiy vosita kelishigining bu affiksi 
o’zining birgalik ma’nosi asosida so’ngroq so’z yasash funksiyasini ham kasb 
etgan. U o’zakdan anglashilgan belgiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat 
yasagan: 
Nedin 
t o l u n ay yuzuң ilә husn talashur (Atoiy). Qiyamat azabыndыn 
yaqыnmu turur (TF).
l(-ыl/-il).
 
Bu affiks ayrim fe’llardan o’zakdan anglashilgan harakat yoki 
holat belgisiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: 
Dunyanың tugal 
malыnы bersaң (NF). 
SHu bilan birga, 
-ыr / -ur (Bu ag’ыr ishkә og’radыmыz (QR)), -ri / -rы 
(Quyы egriligi chыndur (Lutfiy)) 
qo’shimchalari bilan ham sifat yasalgan.
Sintaktik (kompozitsiya) usul bilan yasalgan sifatlar sifat turkumiga 
mansub leksik birliklarning katta qismini tashkil qilgan. Ular sifat va boshqa 
turkumlarga mansub so’zlarning bir-biri bilan turli kombinatsion vositalar 
yordamida birikuvi, juftlashuvi, takrorlanuvi va tiziluvi orqali hosil bo’lgan. 
Ular tarkibiy qismlarining birikuv tarziga ko’ra qo’shma va murakkab sifat 
yasaladi. 
Sintaktik usul bilan yasalgan sifatlar turg’un bo’lmaydi va u ko’proq uslubiy 
vazifa bajaradi: 
qara yүzlүk bashы 
(Navoiy), 
qara tamg’alыq ay 
(Lutf.). 
Sifat darajalari. 
Sifat darajalarining turkiy tillarga xos har uchala turi va har 
bir turning ifodalanish usullari bu davr tilida ham mavjud. 
Hozirgi va o’tmish lingvistik adabiyotlarda sifatning oddiy, qiyosiy va 
orttirma darajalari haqida fikr yuritib kelingan va unda rus tili qolipidan kelib 
chiqilgan. O’zbek tilidagi sifatlar esa bu qolipga tushmaydi, balki oddiy daraja, 
belgining kamligi darajasi va belgining ortiqligi – kuchaytiruv darajasini farqlash 
imkoniyatini beradi.
Oddiy daraja
.
Boshqa darajalarning hosil bo’lishi uchun negiz vazifasini 
bajaradi va belgi neytral darajada bo’ladi. Bu shakl ―nol‖ shakl bo’lib, unda 
affiks qatnashmaydi.
Belgining kamligi 
esa bir necha affikslar orqali hosil qilinadi:
 
-raq/-rәk. 
Kim ki ulug’raq, aңa xыdmat kerәk 
Ul ki kichikrәk, aңa shafqat kerәk. 
(Xamsa). 
-mtul. Qыzыmtul, qaramtul, yashыmtul 
(Maboinul-lug’at). 


24 
Belgining kamligi darajasida sifatga xos bo’lgan asosiy belgining kamligini 
bildirmaydi, balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman 
mavjudligini anglatadi. 
Belgining ortiqligi va kuchliligi darajasi.
Bu daraja sifatlarni to’liq va 
to’liqsiz takrorlash hamda sifat oldidan ravishlarni keltirish orqali hosil qilinadi. 
To’la takror: Meңizlәri gүl-gүl, qabag’larы keң-keң 
(Navoiy). Ba’zan 
bunday sifatlarning birinchi qismida chiqish kelishigi affiksi ham qatnashadi va 
ma’noning yanada kuchaytirilishiga xizmat qiladi: 
Zāhirim avqātы yamandыn-
yaman 
(Navoiy). 
To’liqsiz takror.
Bunda birinchi bo’g’in 
p, m
undoshlari ishtirokida 
takrorlanadi: 
ap-achыg’, ap-aq, yup-yumalaq, chup-chuqur, yәm-yәshil 
(Navoiy 
ML.). 
Sifat oldidan ravish so’zlari keltiriladi: 
Bag’ayat biyik kishi 
(Navoiy), 
asru 
keң
(Bobir). 
Ta’kidlash zarurki,
-raq/-rәk 
affiksli shakllarda qiyos ma’nosi yo’q emas, 
balki belgining kamligi ma’nosi bosh ma’nodir. 
 
Savol va topshiriqlar:
1.
Sifat yasovchi eski o’zbek tiliga xos bo’lgan qo’shimchalarni sanang. 
2.
Eski o’zbek tilida orttirma darajadagi sifatlar qanday hosil qilinadi? 
3.
Belgining ortiqligi va kuchliligi formalari qanday hosil qilinadi? 
4.
Sifat darajalari shakllanishining hozirgi o’zbek tilidan farqli 
tomonlarini izohlab bering. 
Tayanch tushunchalar: 
 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin