29
olmoshlari, birgalik olmoshlari,
belgilash olmoshlari, gumon olmoshlari,
bo’lishsizlik olmoshlari.
Kishilik olmoshlari
.
Kishilik olmoshlari leksik-semantik jihatdan ma’lum
so’z kategoriyasidir, hamda grammatik xususiyatlarga ko’ra, turli affikslar bilan
ifodalangan, kishilik olmoshlarining ba’zi fonetik variantlarini hisobga
olmaganda, ko’pchilik qismi hozirgi o’zbek tilida foydalanilmoqda.
Kishilik olmoshlarining I shaxs birligi:
men.
Ko’pchilik
yozma manbalarda
men
olmoshi mimu yo-yu nun orqali
yozilgan, XVII —XIX asrlarga oid ba’zi yozma obidalarda mim-u nun bilan
ifodalangan.
Men
olmoshining har ikki yozuv formasi tarkibida old qator o’rta
keng
e
tovushi qo’llangan:
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda ba’zan tarixiy-dialektal hodisa
sifatida
men
olmoshining
ben
formasi iste’mol etilgan.
YOdgorliklarda
men
olmoshi funksiyasini boshqa so’zlar ham bajargan.
Banda
va
bu banda
formalari
Alisher Navoiy, Muqimiy, YAqiniy, Maxmur
asarlarida qo’llanib, tinglovchiga nisbatan kamtarlik ma’nosida foydalanilgan:
B a n d a shafaq-tek qan yыg’lab ke... (YAqiniy). B a nd a ul vaqtda Buxarada
edim (SHN)
.
B a n d a bayan gәr qыlsam (Maxmur)
.
Faqыr
va
bu faqыr
so’zlari Navoiy, Abulg’ozi Bahodirxon, Ogahiy,
Muqimiy asarlarida qo’llangan:
F a q ы r alar sarы barurg’a muvaffaq boldum
(Navoiy MN)
.
F a q ы r taraf tutub yalg’an aytg’an bolg’ay-men (SH turk)
XV
asrdan boshlab
men
olmoshi o’rnida
faqыri-haqыr, faqыru-haqыr
so’zlari birikmasi ham qo’llana boshlangan, ba’zan
bu
olmoshini
faqыri
haqыr
so’zlardan oldin ko’llash Navoiy hamda Ogahiy asarlarida uchraydi:
Faqыri-haqыr yad tuttum kim... (Navoiy MN)
.
B u f a q ы r i-h a q ы r ham
kim bu ulug’ xānadānnың, qadimiy bandasы va bu baland āstannың samimiy
sarafkәndәsidүr-men (Ogahiy)
.
XVIII — XIX asrlarga
oid yozma manbalarda
faqыri-haqыr kәminә,
kәminә, bu kәminә, men kәminә
birikmalari ham
men
olmoshi o’rnida iste’mol
qilingan:
Faqыri-haqыr kәminә tag’aңыz Muhammad Aminxoja Muqimiy
(Muqimiy)
.
K ә m i n ә h am өz kөzүm bilәn kөrdүm (Furqat).
II shaxs birligi:
sen.
Kishilik olmoshining
sen
formasi sinu yo nun bilan
yozilgan,
Dostları ilə paylaş: