32
olmoshlari tuzilishi jihatidan sodda hamda murakkab formalardan tashkil topgan.
Sodda ko’rsatish olmoshlari:
bu, ul(u), ush
formalaridan iborat.
bul, shul,
(shu),
ushbu, shubu, oshal, oshul, oshu, hamul
so’zlari ko’rsatish olmoshlarining
murakkab formalarini tashkil qiladi. H
amun, hamin, hamiyn
ko’rsatish
olmoshlari
fors tillaridan o’zlashgan. Ko’rsatilgan davrlarga oid yozma manbalarda har
qaysi ko’rsatish olmoshining iste’mol doirasi,
leksik-semantik hamda
grammatik xususiyatlari turlicha bo’lgan.
Bu
ko’rsatish olmoshi keng ko’lamda qo’llangan, nutq paytida mavjud
bo’lgan
yaqin masofadagi kishi, narsa, hodisalarni ko’rsatadi: b
u benava
(Lutfiy)
,
b u rasadnы
(BN)
.
Olmoshlar uch xil semantik vazifa bajargan:
1.
Deyktik vazifa, ya’ni sof ko’rsatish ma’nosini anglatgan:
Bu baytnы
oqubdur
(Navoiy, MN).
2.
Anaforik vazifa, ya’ni oldin tilga olingan shaxs, predmetni ko’rsatadi:
Bu ham yaxshы bardы
(Boburnoma).
3.
Preprativ vazifa, ya’nikeyin tilga olinadigan
predmet va shaxslarni
ko’rsatadi:
Meni tanыmaydur, sөrүptүrkim, bular qaysы sultāndur
(Boburnoma).
Bu
ko’rsatish olmoshi kelishiklar bilan turlanganda va ko’plik affiksini
olganda, uning tuzilishida turli fonetik o’zgarishlar yuz beradi. Bosh
kelishikdan boshqa kelishiklar bilan turlanganda, so’z boshidagi
b
undoshi
m
ga
o’tadi:
bunы-munы, bunuң-munuң
va h.k.
SHuningdek, jo’nalish, o’rin-payt,
chiqish kelishiklarida negiz va kelishik hamda ko’plik affiksi o’rtasida
interkalyar «
n
» undoshi orttirilishi mumkin. Kelishiklar bilan turlanganda «
n
»
undoshining orttirilishi doimiy (statik) bo’lsa, ko’plik shaklida u doimiy emas.
Misollar:
Bular dag’ы Sayyidgә kirmish
(SHayb.).
Og’lanlarnың atlarы munlar
turur
(SH.tar.).
Mundыn artuq
qыlma zār
(Lutfiy).
So’z boshida «
b
»ning «
m
»ga o’tishi ham doimiy emas:
Barcha xalq bunы
eshitib...
(SH.tar.).
Bu
olmoshi XVIII-XIX asrlarda
bul
variantida ham qo’llangan.
Uning
tafsiloti quyiroqda beriladi.
Ul
olmoshi so’zlovchiga masofa jihatdan uzoqroq bo’lgan predmet va
uning belgisini ko’rsatish uchun qo’llangan
va bu jihatdan
bu
olmoshi bilan
zidlanishni (oppozitsiyani) hosil qilgan:
G’amza birlә tөkti qanыm ul sanam
(Lutfiy).
Dostları ilə paylaş: