S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
тарихий грамматика

Ul 
olmoshining 
u
varianti ham iste’molda bo’lgan:
Mahsharda 
g’ālыbākim, u kүn kөrmәgәy azāb 
(Lutfiy). 
Ilmiy adabiyotlarda 
ul (u) 
olmoshining 
ān 
varianti haqida fikr yuritiladi, 
aslida 
ān 
olmoshi fors tilidan o’zlashgan bo’lib, fonetik jihatdan 
ul 
olmoshiga 
aloqasi yo’q. 
Ul 
olmoshining kelishiklar bilan turlanish xususiyatlari 
ul
kishilik olmoshi 
bilan aynandir. 
Ush
so’zi haqida. Ilmiy adabiyotlarda bu so’z olmoshlar tarkibiga 
kiritiladi, lekin uning matndagi qo’llanish xususiyatlari boshqa olmoshlarga 
quyiladigan morfologik talablarga javob bermaydi, ya’ni u kelishik va ko’plik 
affikslarini qabul qilmaydi, lekin ko’rsatish olmoshi semantikasiga mos kela 


33 
oladi, demak, u grammatikaning asosiy talabi, ya’ni kategorial belgilarni qabul 
qilmas ekan, uni olmoshlar tarkibidagi masalada munozara mavjud.
Ush
so’zi hozirgi o’zbek tilidagi 
mana
1
 
so’ziga ekvivalentdir. Ma’lum 
bo’ladiki, 
mana
so’zi olmosh deb e’tirof etilmayotgan ekan
ush
so’zini ham 
olmosh deb qarash mumkin emas, lekin bu so’z XIII-XIV asr yodgorliklarda 
faol qo’llangan: 
Qadah evrүldi ush bostān ichindә 
(MN). 
Zulfuң dag’ы ul kāfur 
ush imān aladur-la 
(Lutfiy). Lekin bu so’z 
ushbu, oshul, oshal, shul 
olmoshlarining hosil bo’lishida qatnashgan. 
Ushbu (ush+bu)
olmoshi nutq momentidagi predmet va belgini ko’rsatadi: 
Ushbu dam erүr jānnың futuhi 
(MN).
 
Lekin bu so’z o’zgarishlar yuz bergan, 
orttirma 
-n 
paydo bo’lgan, 

tovush 
-m 
sonoriga o’tgan: Lutfiy — 
munda

YAqiniy — 
munuң-dek

Oshul
(ush//osh+ul) 
ko’rsatish olmoshi XV—XIX asrlar yozma 
manbalarida iste’molda bo’lgan, tinglovchiga oldindan ma’lum shaxs, narsa 
hodisalarni ko’rsatadi: 
Faryādыm oshul yergә yetibtur (Lutfiy).
Oshul yerdә yattuq 
(SH. tar.). 
Oshal (ush//osh+ul//al)
olmoshi 
oshul 
olmoshining variantidir: 
Oshal 
kүnkim meni yazdān(olloh) yarattы 
(MN). 
Oshal suvlarnың aralarыnda 
oltururlar erdi
(SH.tar.). 
Osha, oshu 
olmoshlari 
ushbu, oshul, oshal 
olmoshlarining qisqargan 
shaklidir: 
Oshu sөz birlә 
(SHN). 
Osha үstүndә toң birlә muz bar turur 
(O’N). 
SHul (ush/osh/sh+ul) 
olmoshi 
bu, u, oshul, oshal 
olmoshlarining 
fonetik o’zgargan va qisqargan shaklidir: 
SHul erүr aybыm Muqimiy
mardumi Farg’āna-men 
(Muq.). 
SHul zamānkim alur Urgәnchni ol/ salur, 
albatta, Xurāsān sarы yol 
(SHN). 
SHul 
olmoshi 
bu
olmoshining 
bul 
shaklida shakllanishiga ham sabab 
bo’lag, chunki 
shul-bul 
analogiyasi va oppozitsiyasi uchun u qulaylik 
tug’dirgan. Aksincha, 
bu 
olmoshi 
shul 
olmoshiga oppozitsiyada turib, 
uning ta’sirida 
shu 
variantini yuzaga keltirgan. 
o’nә, mәnә, muna 
so’zlari ham semantik jihatdan olmosh funksiyasiga 
yaqin turadi, lekin ular aslida ko’rsatuv undovlaridir. 
o’ne qaddu, әnә 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin