36
Belgilash olmoshlari.
Aksariyat adabiyotlarda bunday olmoshlar birgaolik,
birgalik-belgilash olmoshlari deb yuritilgan.
Eski o’zbek tilida ikki guruh belgilash olmoshlari qo’llangan:
1.
YAkkalikni ko’rsatuvchi belgilash olmoshlari.
2.
To’dani, guruhni ko’rsatuvchi belgilash olmoshlari.
YAkkalikni ajratib ko’rsatuvchi belgilasholmoshlariga
har
va uning
ishtirokida hosil qilinganolmoshlar hamda eski o’zbek tilining dastlabki davrida
faol qo’llangan, lekin XV asrdan keyin passiv qatlamga o’tib
ketgan
tekmә
olmoshi taalluqlidir.
To’dani, jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshlariga arxaik
qamuq//
qamug’,
turkiy qatlamga xos bo’lgan
barcha, barы, barlыq,
fors va arab
tillariga xos bo’lgan
ba’zы, hama (hamma), tamām, jumla, jam’, majmu’
olmoshlari taalluqlidir.
Har
olmoshi fors tilidan o’zlashgan va eski turkiy
tilda XI-XII asrlardan
boshlab qo’llana boshlagan hamda eski o’zbek tilida uning keng qo’llanishi
boshlangan:
Har yыl anы xazāna qыlg’aylar
(Navoiy). So’roq olmoshlari bilan
birga kelib murakkab belgilash olmoshlarini hosil qilgan:
har kim, har qayan,
har nimә, har qaysы, har nechә, har nechүk, har qachan, har qayda, har ne.
Har ne
eski o’zbek tilida olmoshlik xususiyatini saqlab qolgan: M
eniң har
ne hālыmnы bilmish ediң
(Munis).
Har ne desәm qabul qыlg’aymu-sen
(Navoiy).
Har ne
olmoshi hozirgi o’zbek tilida semantik o’zgarishga uchragan va
modal so’zlar turkumiga o’tgan.
Tekmә
asl turkiy belgilash olmoshidir. Bu olmosh ham XIV asr boshlariga
qadar mustaqil qo’llana olgan:
CHыqqay hazār halqa kөңүl tekmә sachtыn
(Lutfiy). Bu olmosh kelishik qo’shimchalarini ham olgan:
Suchulmыsh
tekmәlәrgә tan libāsыn
(Xisr. va SH.).
Tekmә
olmoshi hozirgi turk tilida hamon
qo’llanmoqda.
To’dani bildiruvchi olmoshlar.
Barcha
(bar+cha)
birgalik olmoshi kishi, narsa va hodisalarning mavjud
yig’indisi ma’nosini anglatgan:
Barcha tapыlur bizgә vale yār tapыlmas
(Lutfiy)
.
Tүgәndi b a r c h a sөz (Navoiy FSH)
.
B a r c h a bir yolы ypyshqa
kirdi (SHN)
.
Bari
(bar+ы)
olmoshi
barcha, hamma
so’zlari kabi birgalik ma’no
anglatgan:
B
a r ы alamga tāj (Navoiy XA)
.
Barы pari misālы (SHN) .
Qamuq// qamug’
olmoshi eski o’zbek tilinning XV asrlarga oid yozma
manbalarida iste’molda bo’lgan. SHuningdek, XVII — XIX asrlarda bitilgal ayrim
yozma manbalarda uchraydi va
barcha
olmoshi kabi ma’no anglatadi:
Qa m u q
elgә berib (Lutfiy)
.
Bizgә boldы qamug’ eliң ornы (SH tar.).
Hama
(hamma}
birgalik olmoshi XV asrdan keyin yozilgan yozma
manbalarda qo’llangan: H
ama atvārы hikmatg’a muvāfыq (SHN)
. H
a m a aytur
Huvayda nechүn yыg’lar-sen (Huvaydo)
.
Hama
olmoshi
ayrim adabiyotlarda
qamuq
olmoshining fonetik
o’zgarishi deb izohlanadi. Bu fikr yanglish bo’lib, aslida arab tilidagi
hum
37
(ular)
va fors tilidagi
hama (barcha)
olmoshlarining o’zbek tiliga o’zlashishi
deb qarash o’rinli bo’ladi.
Jumla
birgalik olmoshi arab tilidan o’zlashgan
barcha, hamma
olmoshlariga ekvivalentdir:
J u m l a ālamga ishi qahr olub (Navoiy HA). J u
m l a jahān ahlыg’a rāhat yetүrүb (Nodira)
.
Ba’zы
olmoshi arab tilidan o’zlashgan, guruh, to’da ma’nosini
ifodalaydi,
kelishik, egalik, ko’plik affikslarini ham qabul qilgan:
B a ’ z ы d ы n gahi birәr
yaxshы bayt vaqe’ bolur (Navoiy MQ)
.
B a ‘ z ы n ы muңә keltүrgәndүr (Navoiy
MN)
.
Ba’zыlarg’a orun berdi (SH tar.).
Tamām
(tamāmiy, tamāmat)
olmoshi arab tilidan o’zlashgan
barcha,
hamma
olmoshlari ma’nosida qo’llangan:
Stunlarы t a m ā m i y tashtыn (BN).
T a m ā m mog’ul va tatar elini lәshkәrini jam qыlыb (SH tar.).
Jam’, jam’i
olmoshi arab tilidan o’zlashgan:
Hindustannың jam’i rudlarыnың
bu xāsiyatы bar
(Boburnoma).
Jam’ vilāyatlarnы musaxxar qыlыb...
(SH.turk).
Majmu’
olmoshi ham arab tilidan o’zlashgan:
Majmu’in anың qashыg’a
qoydы
(Xamsa).
Qыldы yag’mā kөzlәriң majmu’i Turkistānnы
(Sakkokiy).
Gumon
olmoshlari
Dostları ilə paylaş: