O’timli va o’timsiz fe’llar haqida. O’zbek tilida uning tarixiy taraqqiyotidan
qat’i nazar bunday morfologik kategoriya mavjud bo’lmagan, balki fe’lning
tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lana olishi qobiliyati uning semantik
xususiyatidir. Demak, o’timlilik va o’timsizlik fe’l shakliga emas, balki u fe’lning
semantik xususiyati bilan bog’lanadi.
Fe’llarning yasalishi. Fe’ldan boshqa turkumlardan so’z yasovchi affikslar
orqali fe’l yasalishi mumkin:
-la/-lә affiksi. Bu affiks barcha davrlarda ham faol qo’llangan. Ot, sifat, son,
ravish, ba’zan olmosh turkumlaridan fe’l yasagan. Turkiy va turkiy bo’lmagan
so’zlarga ham qo’shilgan:
Tөsh-tөshtin pыchaq lab, chapqu lab pāra la dыlar (Boburnoma).
Bir kүn namāzi peshinni guzar la dы... (Nav. Nas.muh.).
-da/-dә affiksi. Bu affiks
–la/-lә affiksining fonetik variantidir. Eski o’zbek
tilida sonor undoshlardan so’ng qo’llangan:
Pādshāh bu g’ulāmnы in dә di ( Taf.).
Yol da sa bu yolda Nizāmiy yolum// Qol da sa Xusrav bilә Jāmiy qolum (Xamsa).
-a/-ә affiksi. Ot turkumidagi so’zlardan fe’l yasagan:
Tun ә di lәshkәr anda (SHN).
Ashlarыni ash a b va yashlarыnы yash a b, atalarы keynidin ketdi (SH.tar.).
-y/-ay affiksi. Sifatdan fe’l yasagan:
Ul faqыr qashыda ulg’ ay ыbdur (Navoiy).
Barcha sag’ ay tlanыb atlandыlar (SHN).
-r/-ar/-әr affiksi. Sifatdan fe’l yasagan:
Bu nav’ qara kүn ichrә qarыb// Ya’niki qara kүnүm aq