35
Nechүk.
Bu olmosh qadimgi turkiy tilda bir
necha taraqqiyot davrlarini
boshidan kechirgan:
ne+chә-ne+chә+kә-ne+chә+k-nechүk.
Ikkinchi taxmin
(versiya):
ne+chag’//ne+chaq// ne+chәk-nechүk.
Nechүk
olmoshi ham sabab ma’nosini ifodalaydi:
Nechүk bolg’ay azmы-
miz
(Navoiy). Bu olmoshning ba’zan
nүchүk
fonetik varianti ham qo’llangan:
Men nүchүk majnun kәbi rasvāi ālam bolmayыn
(Uvaysiy).
Nelүk.
–
lik
affiksining –
lүk
varianti orqali
shakllangan va u ham sabab
ma’nolidir:
Nelүk bashыmg’a tupraq qoymag’ayыm
(Xisr. va SHir.).
Netәk.
–dek
affiksining
–tәk
varianti orqali shakllangan va bu olmoshbelgi
ma’nolidir:
Qanlarы yergә netәk tөkүlmүsh
(SHN).
Nechә.
Bu olmosh
ne+chag’
so’zlaridan soddalashgan. Miqdorni so’rash
uchun qo’llanadi:
Nechә yыl ranju mehnat sendin artuq
(Navoiy). Bu olmosh III
shaxs egalik affiksini va barcha kelishik affikslarini qabul qilgan.
Negә.
Jo’nalish kelishigi affiksi orqali shakllangan va sabab ma’nosiga ega:
Bir kishi jānы үchүn yүz mың jān negә āzurda qыlur
(SHN).
Bu
olmoshning
neyә, nәgү, nag’u
variantlari ham qo’llangan:
emdi biz
keңәsh qыlalыm, nәgү savāb kelүr, kөrәlim
(Taf.).
Nag’u barur-sen
(Lutfiy).
Nechә
olmoshining
nәtә
varianti ham qo’llangan:
Netә mahram ayladың
(Muqimiy).
Qa(y)
olmoshi (qadimgi turkiy tilda
qan
) mustaqil qo’llangan
va belgi
ma’nosiga ega bo’lgan:
Qay birikim bar erdi
(Navoiy).
Qa(y)
olmoshi negizida quyidagi so’roq olmoshlarining modal ma’nolari
hosil qilinadi:
Qayu.
Bu olmosh tarkibidagi
–u
formanti
–i/-ы
egalik affiksining
variantidir:
Qayu xushdil, qayu mahzun boldы// Qayu Laylā, qayu Majnun
boldы
(SHN).
Qaysы. –sы
formanti III shaxs egalik affiksidir:
Qaysы nāmurad eliң sabr
etәgigә urdakim murād tapmay
(Navoiy). Bu olmosh ko’plik, egalik affikslarini
qabul qilgan.
Qayu, qaysы
olmoshlari belgini ajratib, ta’kidlab so’rash ma’nosini
anglatadi.
Qayda (qanda), qaydыn, qayan, qanы.
Bu olmoshlar o’rin bilan bog’liq
bo’lgan so’roqni bildirgan.
Qayda, qaydыn
tarkibidagi
kelishik affikslari
negizda kristallashgan.
Qayan
so’zidagi
Dostları ilə paylaş: