S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
тарихий грамматика

kәbi, berү 
kabi 
ko’makchilar bilan qo’llanadi:
Suv tartqan u c h u n ijrasыn berәyin (QR)

Bu bir 
qorg’annы alg’an bilә ne ish achыlg’ay(BN).
4. 
–g’an/-gәn 
affiksli sifatdosh 
-tek 
qo’shmchasini qabul qiladi: 
Tilәb SHavur 
ayыtg’an-tek nishanыn //sorar shahzadanың turg’an makānn (XSH)

Mug’anniy musiqiy 
ag’az qыldы//atasы torbasыnda yыg’lag’an-tek (SS)


-mыsh/-mish
 
affiksli sifatdosh eski o’zbek tilining barcha davrlarida faol 
qo’llangan bo’lib, uning grammatik ma’no va funksiyalarining taraqqiyot davrlari 
ikki bosqichga bo’linadi: birinchi bosqich XV asrdan oldingi davrlarni, ikkinchi 
bosqich XV asr va undan keyingi davrlarni o’z ichiga oladi. 

1. O’zbek tilining oldingi davrlarida –
mыsh/-mish 
affiksli sifatdosh 
formasining qadimgi grammatik ma’nolari va funksiyalari saqlangan, ya’ni: 
a) predmetning harakat belgisini ko’rsatib, aniqlovchi vazifasida keladi: 
Kelmish yollarыna yandыlar (Taf.). Bu qilmыsh ish birlә biz zalimlardыn bolur-
miz (QR); 
b) egalik affikslarini qabul qiladi:
 Agar bu aymыshың sөz rast ersә,..(Taf.). 
v) kelishik affikslari bilan qo’llanib, gapning ikkinchi darajali bo’laklarini 
ifodalaydi:
 Eshitkil bu g’azalda ishlәridin// Muhammad xoja beg aymыshlarыdыn 
(MN). SHam’un bulardыn qachmыshda suvsamыsh erdi (QR). 
2. O’zbek tilining XV asr va undan keyingi taraqqiyot davrlarida 
–mыsh/-
mish 
affiksli sifatdoshning grammatik ma’nolari va funksiyalari chegaralangan 
bo’lib, uning asosan o’tgan zamon fe’li sifatida qo’llanishi davom etgan. 


43 
O’tgan zamon sifatdoshini yasovchi 
–duq/-dүk 
affiksi qadimgi 
yodgorliklar tilida 
–tuq/-tүk 
ko’rinishida ham qo’llangan. Grammatik ma’nolari va 
funksiyalarijihatidan 
–mыsh/-mish 
affiksli sifatdoshga o’xshaydi:
 Makka achыlduq 
kun boldы (Taf.). Yusufg’a yыg’laduqum kөzүmni aqardы (QR) 
H
ozirgi - kelasi zamon sifatdosh formalari. 
-
r
affiksli forma. Bu affiks
-r, -ap/-әr, -ur/-үr,-ыp/-up, -yyp/-yүp 
variantlarda qo’llangan bo’lib, bulardan qaysi birining ishlatilishi shu affiksni 
qabul qiluvchi fe’l negizining xarakteriga, uning qanday tovush bilan tugagan 
bo’lishiga bog’liq. 
Undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llarning bir gruppasiga 
-ar/-әr, 
boshqalariga 
-ur/-үr 
variantlari 
(qach+ar,ket+әr, bar+ur, bil+үr), 
undosh bilan 
tugagan ikki va undan ortiq bo’g’inli fe’llarga 
–yp/-үp 
variantlari qo’shiladi 
(qaytar+ur,eshit+үr, urush+ur, keltүr+үr,qaytarыl+ur, kөrsәtil+үr 
kabi). Ba’zi 
manbalarda undosh bilan tugagan ayrim fe’llarga 
–ыp/-up 
formasida qo’shilishi 
ham uchraydi. 
Unli bilan tugagan fe’llarga 
-r 
yoki 
-yur/-yүr 
variantlari qo’shiladi 
(bashla+r 
yoki 
bashla +yur, ishlә+r 
yoki 
ishlә+yүr). 
YOzma yodgorliklardan ma’lum bo’lishicha, turkiy tillar taraqqiyotining 
qadimgi davrlarida unli bilan tugagan fe’llarga 
-yur/-yүr
variantlari qo’shilishi
xarakterli bo’lgan. Masalan, O’rxun-Enisey va qadimgi uyg’ur tili yodgorliklarida 
bunday fe’llarga asosan 
–yyp/-yүp 
variantlari qo’shilgan, XI- XII asrlarga oid QB, 
HH va boshqa manbalarda ham ko’pincha shu variantlari qo’shilgan. Unli bilan 
tugagan fe’llarga 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin