40
-q/-k,-ыq/-ik,-uq/-үk
affiksi. Ot va boshqa turkumlardan fe’l yasagan:
Libāsы
rәңin bilmәn, yol
uq
sa, hayrattыn
(Lut.).
Kim yag’
ыq
sa shāhi SHayabāniyg’a
(SHN).
-sa
affiksi. Otdan fe’l yasagan:
Dilrabā, ābi hayat erniң үchүn jān su
sa
dы
(Lut.).
-sыn
affiksi. Ot va sifatdan fe’l yasagan:
Yыg’lam
sыn
ur –u kөzigә kelmәs
yash
(Navoiy).
Tayanch tushunchalar:
Fe’l –
ish-harakat va holat bildiruvchi so’zlar turkumini ifodalaydi.
Fe’l aspekti –
bo’lishili va bo’lishsizlikni anglatadi.
Fe’l yasalishi –
boshqa turkumlardan so’z yasovchi affikslar orqali fe’l
yasalishi jarayoni.
Fe’lning funksional formalari
Reja:
1.
Eski o’zbek tilida harakat nomi formalari.
2.
Ravishdosh.
3.
Sifatdosh.
Fe’lning nutqda qo’llanishga xoslangan shakllari uning funksional (amaliy)
formalaridir. Fe’lning ayrim formalari kelishik, egalik affikslarini ham qabul qiladi,
gapda ot va boshqa so’z turkumlari funksiyasini bajarib, ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi
yoki hol vazifasida ham kela oladi. SHunga ko’ra, bunday formalar fe’lning
grammatik funksional formalari hisoblanadi. Fe’lning
grammatik funksional
formalarini sof fe’l, harakat nomlari, sifatdosh va ravishdosh
formalari tashkil
etadi.
Fe’lning grammatik funksional formalarida,
bir tomondan, fe’lga xos belgilar
mavjud bo’lsa,
ikkinchi tomondan, morfologik xususiyatlari va sintaktik
funksiyalari bo’yicha bu formalar boshqa so’z turkumlariga ham yaqin turadi. Bu
jihatdan sof fe’llar faqat fe’llarga, harakat nomlari otga, sifatdosh formalari sifatga,
ravishdosh formalari ravishga yaqin turadi.
Dostları ilə paylaş: