S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
тарихий грамматика

Harakat nomi formalari

Ular ish-harakat va holatning atamasidir. Eski 
o’zbek tilida harakat nomining quyidagi formalari amalda bo’lgan: 
-maq/-mәk
affiksli forma. Bu forma harakat nomining asosiy ko’rsatkichi 
sifatida faol iste’molda bo’lgan. 
Jo’nalish kelishigining 
–a,-ә 
affiksi qo’shilganda, 
-maq/-mәk 
affiksining 
oxiridagi [q], [k] undoshlari ikki unli o’rtasida jaranglilashib, [g’], {g] undoshlariga 
o’tadi:
Qachmag’a yүz evүrdi (QR)

baqmag’a imkan yoq (MN).
Egalik affiksi qo’shilganda ham 
–maq/-mәk 
affiksi tarkibidagi jarangsiz [q], [k] 
undoshlari jarangli (g’), [g] undoshlariga o’tishi mumkin:
Bu yazuqdan 
qutulmag’ыm muhal esә,... (SS)

Bir nafas s a b r e t m ә g i yoq (SS)



41 
-maq/-mәk 
affiksli harakat nomining bo’lishsizlik ma’nosi ikki xil yo’l bilan 
ifodalangan: 
a) 
-ma/-mә 
affiksli bo’lishsiz formadagi fe’lga 
-maq/-mәk 
qo’shilishi bilan: 
T i l ә n m ә m ә k k ә davlatыndan mahrum dururlar (SS).
b) sifatdoshning 
-mas/-mәs 
affiksli bo’lishsiz formasiga 
-lыq[-lik 
affiksi 
qo’shilishi bilan 
(-mas+lыq//-maz + lыq)

Menim sөzim e s h i t m ә z l i k uchun (TF)

Og’lan bilmәslikindin qыlur (QR).
Harakat nomining
-maq/-mәk
affiksli formasi ot turkumidagi so’zlar kabi 
egalik va ko’plik qo’shimchalarini qabul qiladi, kelishiklar bilan turlanadi,
ko’makchilar bilan qo’llanadi: 
1. 
-maq/-mәk 
affiksli harakat nomi egalik affikslari bilan qo’llanganda, fe’l 
negizidan anglashilgan ish-harakatning qaysi shaxsga qarashli ekanligi ko’rsatiladi: 
Menim 
qurtul- 
mag’ыm 
anda 
turur 
(TF)

Sen 
әsrүk 
k e l m ә k i ң
munda 
xata ul (XSH)

2. 
-maq/-mәk 
affiksli harakat nomiga qo’shilgan 
-lar/-lәr 
affiksi odatdagi 
ko’plik ma’nosini emas, balki fe’l o’zagidan anglashilgan ish-harakatning sub’ekt 
bilan moslashuvi uchun xizmat qiladi: 
Yusufnы өl t ү r m ә k l ә r i ikkidin hali ermәs 
erdi (QR).
Netәk kim yig’lamaqlarыnы eshittim,...(NF).
3. Ot o’rnida qo’llangan bosh kelishikdagi 
-maq/-mәk 
affiksli harakat nomi 
asosan ega, ba’zan kesim yoki aniqlovchi vazifasida keladi. 
Egasi 
–maq/-mәk 
affiksli harakat nomi bilan ifodalangan gaplarning kesimi 
asosan ot yoki ot turkumidagi so’zlar bilan ifodalanadi: 
Ibrahimg’a qonuq 
t i l ә m ә k fariza erdi (QR)
.F
i y b a t qыlmaq uluq yazuqlardыn turur (NF)

-maq/-mek 
affiksli harakat nomi kelishik affikslari bilan qo’llanganda har bir 
kelishik formasining xarakteriga muvofiq ravishda turli sintaktik vazifalarni bajaradi: 
Azыnlar aybыnы k ө r m ә k n i qoyg’ыl (XSH)

Ilm өg r ә n m ә k k ә keldim (QR)

Andыn yaranlarы qattыq s ө z l ә m ә k d i n yыg’dыlar (TF)

-sh(-ыsh/-ish, -ush/-үsh

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin