S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
тарихий грамматика

Tayanch tushunchalar: 
 
Mayl – 
ish-harakat (holat)ning real voqelikka munosabatini bildiradi. 
Zamon – 
ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabatini 
bildiradi. 
Tuslanish – 
fe’lning shaxs-son affikslari bilan o’zgarishi va paradigma hosil 
qilishi. 
Buyruq-istak mayli – 
bir paradigma hosil qiluvchi va buyruq semasi etakchi 
bo’lgan fe’l mayli turi. 
SHart mayli – 
bir paradigma hosil qiluvchi shart semali fe’l mayli turi. 
 
 
Eski o’zbek tilida mayl va zamon formalari(davomi) 
 
Reja: 
 
1.
 
Aniqlik mayli. O’tgan zamon fe’llari. 
2.
 
Hozirgi va kelasi zamon fe’llari. 
3.
 
Fe’l nisbatlari. 
 
Aniqlik maylida har uchala grammatik zamon mavjud: o’tgan zamon, hozirgi 
zamon, kelasi zamon. Aniqlik maylidagi har bir zamon bir necha formani o’z 
ichiga oladi va bu formalar shu zamon chegarasida turli ma’no ottenkalarini 
ifodalashga xizmat qiladi. 


52 
O’tgan zamon fe’llari.
O’tgan zamon fe’li tuzilishi jihatidan dastavval 
quyidagi ikki gruppaga bo’linadi: 1) o’tgan zamon fe’lining sodda (sintetik) 
formalari; 2) o’tgan zamon fe’lining analitik formalari. SHuni aytish lozimki, 
o’tgan zamon fe’llari 
–di/-dы/-ti/-tы 
affiksli fe’l formalari va fe’lning sifatdosh, 
ravishdosh shakllariga tuslovchi affikslarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. 
O’tgan zamon fe’li sodda (sintetik) formalari eski o’zbek tilida
quyidagichahosil qilinadi: 
-dы/-di//-tы/-ti
affikli forma. Bu forma eski o’zbek tilining barcha davrlarida 
keng qo’llangan va u ushbu affiksga qisqargan tuslovchilarni qo’shish bilan hosil 
qilinadi: 
Elchi bu sөzlәrniң barchasыn aytdы (SH.tar.). Vidālashыb murajiat 
marāsыmыnы ada qыlduq (Furqat). 
Tuslanish paradigmasi: 
bardыm, 
bardың,bardы// barduq, bardыңыz, bardы(lar). 
-mыsh/-mish 
affiksli forma ham turkiy tillarda qadimdan aktiv qo’llangan 
bo’lib, eski o’zbek tilida ham ancha keng iste’molda bo’lgan: 
Aruqnы ul tash 
үskүndә yolda unutmыsh-men (QR). Furqatыңdыn bolmыsham zār-u zaif (Lutfiy). 
-duq/-dүk 
affiksli forma. O’tgan zamon sifatdoshining 
–duq/-dүk 
affiksli 
formasi qadimgi yodgorliklar tilida keng iste’molda bo’lib, o’tgan zamon fe’li 
funksiyasida ham qo’llangan. Bu sifatdosh o’tgan zamon fe’li funksiyasida XIII-
XIV asrlarga oid yodgorliklardan «Tafsir»da ham qo’llangan bo’lib, unga 
ko’pincha 
turur
holat fe’li qo’shilib kelgan: 
Munda aytur qыldыm teb, valekin 
qыlmaduq turur. Hech kөz andag’ kөrmәdүk tururlar,hech kөңүl anың-dek 
sanmaduq bolur. 
-g’an/-gәn//-qan/-kәn 
affiksli o’tgan zamon sifatdoshining o’tgan zamon 
funksiyasida qo’llanishi asosan XIII-XIV asrlardan boshlab kuzatiladi: 
Taqы 
haqiqatda men qorqutg’an-men (Tafsir).Aql-u jan alamыg’a ishq otыnы salg’an-
sen (Lutfiy). 
-b(-ыb/-ib/-ub/-үb) affiksli ravishdosh asosida yasalgan o’tgan zamon fe’li.
Bu fe’l shakli eski o’zbek tilida quyidagicha uch xil qolipda qo’llangan: 
a) 
barыb turur-men.
Bu forma asosan XV asrgacha qo’llangan bo’lib, ba’zan 
XV asrga oid yodgorliklarda ham uchraydi: 
Ibrahim tevәdin inmәkkә ant ichib 
turur-men, tedi (QR). Qachan kөrsәlәr anы kim, va’da qыlыb tururlar (Tafsir); 
b) 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin