53
-g’an/-gәn//-qan/-kәn erdi.
Bu forma XIV asrdan boshlab kuzatiladi:
Qыynag’an erdүk anlarnы, kufr keltүrdilәr (Tafsir). Astrābādda aytqan ikki matlai
tugәnmәy qalg’an erdi (Navoiy MN).
-dы/-di//-tы/-ti erdi.
Bu forma qadimgi yodgorliklar tilida keng qo’llangan,
eski o’zbek tilida XV asrga qadar keng iste’molda bo’lgan:
Yusufnы otag’da
qoyduq erdi, biz kelginchә Yusufnы bөri yemish (QR). Anlar qachtыlar erdi, malik
Daqyunus yārыn bildi qachmыshlarыnы (Tafsir).
-duq/-duk erdi.
Bu forma XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklardan «Tafsir»da
ancha keng qo’llangan:
Men butlarnы kөrmәdүk erdim, turdum, Makkaga bardыm,
kөrdүm.
-b turur erdi
formasi XIII-XIV asrlarda keng qo’llangan bo’lib, keyingi
davrlarda uchramaydi:
Sizge nazāra qыlыb turur erdim (QR). Taqы anda kim, siz
kizlenib turur erdiңiz (Tafsir).
-a/-ә(y)turur erdi, -a/-ә(y)dur erdi.
Bu formalar bir fonemaning ikki xil
ko’rinishi bilan farqlanadi, xolos.
-a/-ә(y) turur erdi
formasi XIII-XIV asr yodgorliklarida qo’llangan:
Lәshkәrniң soңыda kelә turur erdim (SH.tar.).
XIII-XIV asr
yodgorliklarida bu formada
–a/-ә(y)
affiksi bilan birga,
-u/-ү,-
yu/-yү, -ya/-yә
affiksi ham ishtirok etgan:
Bir og’lan bilә kelү turur erdim (Rab.).
...yыlqыlar kүtәyә turur erdi (O’N).
-a/-ә(y)dur erdi
formasining qo’llanishi XV asrdan boshlab kuzatiladi:
Umrumыzda muncha farāg’at qыlmaydur edүk (BN). Bu fursatta kim,
«Mubayyin»ni nazm qыladur edim (BN).
-r(-ar/-әr//-ur/-үr) erdi.
Bu forma
–r(-ar/-әr//-ur/-үr)
affiksli
hozirgi-kelasi
zamon fe’liga
erdi
to’liqsiz fe’li qo’shilishi bilan hosil bo’lgan:
Bashlarыn quyы
salыb kelүrlәr erdi (BN). Yana tөrt yuz qul birlә satыg’ qыlurlar erdi (QR).
-g’ay/-gәy//-qay/-kәy erdi
formasi ham eski o’zbek tilida keng qo’llangan:
Bizniң kүchүmiz yetsә, bu tevәni өltүrgәy erduk (QR). Agar burunraq aytыlmыsh
bolsa erdi, faqыr hargez өz matlaimni aytmag’ay erdim (Navoiy, MN).
Hozirgi zamon fe’li.
Hozirgi zamon ma’nosini ifodalovchi formalar va
ularning yasalish usullari bo’yicha eski o’zbek tili bilan hozirgi o’zbek tili o’rtasida
ma’lum o’zgachaliklar mavjud. Hozirgi o’zbek tilidagi
–yap, -yotir, -yotib
affikslari eski o’zbek tilida qo’llanmagan.
–moqda
affiksi ayrim yodgorliklarda
uchraydi.
Eski o’zbek tilida hozirgi zamon fe’li ma’nosi
asosan
–a/-ә(y)
affiksli
ravishdosh asosida yasalgan formalar bilan ifodalangan.
Bara turur men
qolipidagi forma XIII-XIV asrlarda keng qo’llangan bo’lib,
ba’zan XV asrga oid yodgorliklarda ham uchraydi:
Sordы: bu ne үn turur?
Ayttыlar: Omayya qulы Bilālg’a azāb qыla turur (Tafsir). Ul vaqtdыn ta bu
kүngәg’chә barcha turkmәnlәr ul kitābnың masalalarыg’a amal qыla tururlar
(SH.tar.).
Baradur-men
qolipidagi forma eski o’zbek tilida keng qo’llangan bo’lib, XIV
asrlardan
boshlab kuzatiladi
: Bu yurtta xabar keldi kim, Mansurnың qыzы Yusuf
zaynың mālы bilә kelәdүr (BN).
54
Bara-men
formasi asosan XV asrdan boshlab kuzatiladi:
Muңa ne uchun ruxsat
berә-siz? Bizni az kөrүb, qыzыlbashg’a qoshulmaqqa bara turur (SH.turk).
-maqda/-mәkdә
affiksli forma yozma yodgorliklarning ayrimlarida uchraydi:
Ayni inayatыңdыn halыmg’a qыl nazara//өlmәkdә-men g’amыңdыn, dardыmg’a
әylә chara (Munis).
Hozirgi-kelasi zamon fe’li.
Hozirgi –kelasi zamon fe’li eski o’zbek tilida
–
r(
undoshdan keyin:
-ar/-әr//-ur/-үr)
affiksi bilan hosil qilingan.
SHaxs-son
affikslarining to’la varianti qo’shilgan:
barur-men, kelүr-sen
kabi. Lekin I shaxs
formalarini hosil qilishda shaxs-son affikslarining qisqa variantlari ham qo’shilgan:
Qashы uchun jān berurәm dostlar// tag’ qoparыңыz yasag’anda māzār (Lutfiy).
Unli bilan tugagan fe’llardan hozirgi-kelasi zamon fe’li
–yur/-yүr
affiksi
orqali hosil qilingan:
Sen-mu bizgә bu sөzni sөzlәyүr-sen? (QR).
Kelasi zamon fe’llari.
Eski o’zbek tilida kelasi zamon fe’lining quyidagi
formalari
qo’llangan:
-g’u/-gү//-qu/-kү.
Eski o’zbek tilida kelasi zamon fe’lini hosil qiluvchi
asosiy forma hisoblangan:
Bu kitābnы oqug’uchы va tыңlag’uchы, albatta, tүrk
bolg’usы turur (SH.tar.). Omar bildi kim, Rasulg’a barыb, andыn shikāyat
qыlg’usы turur (QR).
-asы/-әsi.
XIII-XIV asrlarga oid ayrim yodgorliklarda uchraydi:
Bu
shaharga bir payg’ambar hijrat qыlasы turur, ya’nы kelәsi turur (Tafsir).
-g’ay/-gәy//-qay/-kәy.
Bu forma XI asr yodgorliklari va qadimgi uyg’ur tili
yodgorliklarida ham keng qo’llangan:
Muqarrar boldы kim, taңlasы bolg’an
nokar-u sardar, māl-u jihatы bilәn chыqыb, qorg’annы tapshurg’ay (BN).
Fe’l nisbatlari.
Eski o’zbek tilida ham fe’l nisbatlarining quyidagi turlari
mavjud:
aniqlik, o’zlik, majhul, birgalik, orttirma nisbatlar.
Aniqlik nisbati
uchun eski o’zbek tilida ham maxsus affikslar qo’shilmaydi.
O’zlik nisbat
–n
(undoshdan keyin
: -ыn/-in//-un/-үn)
affiksi bilan hosil qilingan:
Kuydi, ortәndi g’am otыnda ichim tashыm meniң (Atoiy). Og’uz xāng’a
baqыnmadы (SH.tar.).
O’zlik nisbat ma’nosi ba’zan majhul nisbat affiksi
–l(-ыl/-il//-ul/-үl)
bilan ham
ifodalanadi:
Bu vasila bilә hayāl qыlыldы kim,..(Navoiy, MN).
Majhul nisbat
–l(-ыl/-il//-ul/-үl)
affiksi bilan yasaladi:
Qulluq arzadāsht
yekshanba kuni bitildi (Navoiy,MN).
Birgalik nisbat
–sh
(
undoshdan keyin
: -ыsh/-ish//-ush/-үsh)
affiksi bilan
yasaladi:
Ikki qāshы bāsh bir qыlыb, bilmәn, ne sөz sөzlәshtilәr (Lutfiy). Bir-ikki
qatla ul taraf bu tarafdыn qыlыch alыshtыlar (BN).
Orttirma nisbat
quyidagi affikslar bilan yasalgan:
-t(-ыt/-it//-ut/-үt): Oxshattы qqamatыңg’a sanavbarnы bāg’ban (Navoiy, MN).
-r(-ur/-үr//-ar/-әr):
Kechүrgәy ushbu daryadыn meni (Atoiy). SHaydālыqqa bash
chыqarur (Navoiy, MQ).
-tur/-tүr//-dur/-dүr: Hajr otы
bu kun ichimni kүydүrүr (Sakkokiy). Altun uynы
tiktүrdi (SH.tar.).
-g’ur/-gүr//-qur/-kүr//-qar/-kәr:
Ne muncha yazg’uradur shayxi parsā bizni
(Atoiy). Insāfsыz aduvnы yamanlыqdыn өtkәrүr (Navoiy, MQ).
55
-g’uz/-gүz//-qaz/-kәz:
Allыda bir nechәni turg’uzdы (SHN).Meni otkәziңizlәr,
teb,..(SH.tar.).
-ыz/-iz: tamыzdы, aqыzdы (Sangloh).
-cәt:
Kemәni nechүk yasarыn kөrsәtti (SH.tar.).
Savol va topshiriqlar:
1.
O’tgan zamon fe’lining sodda formalari qanday hosil qilingan?
2.
O’tgan zamon fe’lining analitik formalariga misollar keltiring.
3.
Hozirgi zamon fe’llarining ifodalanishi jihatidan hozirgi o’zbek tili bilan
eski o’zbek tili o’rtasida qanday tafovutlar bor?
4.
Kelasi zamon fe’l formalariga misol keltiring.
Dostları ilə paylaş: