S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
тарихий грамматика

Qыyamatqa tegi 
ārām qыlg’ay (Xisrav va SHirin). 
Tegrү (degrү) 
ko’makchisi ham ish-harakatning paytga yoki o’ringa nisbatan 
chegarasini bildiradi: 
Uch yыlg’a tegrү tahsil qыldыm (Furqat). 
Sayы//sayыn
ko’makchisi ish-harakatning davomiyligini ko’rsatadi: 
Seni 
kөrgәn sayыn allāh der-men (Lutfiy). 
Funksional ko’makchilar. 
Funksional ko’makchilar ham xuddi hozirgi 
o’zbek tilidagidek, uch guruhga bo’linadi: a) ot-ko’makchilar; b) ravish-
ko’makchilar; v) fe’l-ko’makchilar. 
Eski o’zbek tilida quyidagi ot-ko’makchilar iste’molda bo’lgan: 
Ald: 
Toshni anың aldыnda qoydыlar (SH.tar.). 
Yan: 
Yana Samarqandnың quyы yanыda Bag’i SHamal va Bag’i Behishttur 
(BN). 
Qat: 
CHыqыban beglәr anың qatыdыn// yetdilәr Qara kөlgә ilg’ār (SHN). 
Qash: 
CHun bu sөz xan qashыda aytыldы (SHN). 
Oң: 
Fatima taqы tekmәlәri oңыnda birәr etmәk qoydы (Xisrav va SHirin). 
Ich: 
SHah Malik el ichigә keldi (SH.tar.). 
Orta: 
Balыq anda tirildi, suv ortasыna kirdi (Tafsir). 
Ara: 
Yaman katib manzili qalamdanы-dek chāh ara bolsun (Navoiy, MQ). 
Ust: 
Andыn soң Kashmir ustigә yүrdi (SH.tar.). 
Bash: 
CHah bashыda qoydы bir kishini (Navoiy, SS). 
Ast: 
Menim qudratыm astыnda qalg’ay-siz (Tafsir). 
Tub: 
Birәgү ul tam tүbindә kechәrdә ul qavushdыn tonыna suv tamdы (QR). 
Bābыda: 
Samarqanddыn qachыb kelgәn kishi bābыda sөzlәr bitilib erdi 
(Navoiy,MSH). 
SHu bilan birga, eski o’zbek tilida 
haqida, taraf, tegra, tog’rы, art, ket, 
yүz,barasыda, xususыda, vasfыda, jыhatыdыn, xizmat 
kabi ot turkumiga oid 
so’zlar funksional ko’makchi vazifasini bajargan. Ayniqsa, 
xizmat 
so’zining 
semantikasi o’ziga xos bo’lgan, ya’ni o’zbek tilidagi 
old 
ko’makchisi ifodalagan 
ma’noni ifoda qilgan: 
Bu baytnы Abdurahmān Jāmiy xizmatыda oqubdur (BN). 
Ravish-ko’makchilar 
asosan chiqish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanib, 
payt ma’nosini ifodalaydi. Eski o’zbek tilida quyidagi ravish-ko’makchilar 
iste’molda bo’lgan: 
Burun: 
Anы kөrgәch, fыg’anы jandыn burun chыqqay (Navoiy, MN). 
Ilgәri/ilgәrү: 
Bu kitabnы aytqandыn on yetti yыl ilgәri bizgә yāg’ы bolub 
erdi (SH.tar.). 
Ashnu, oң. Ilgәrү, ilgәri 
ko’makchisiga sinonimdir: 
Ādamnы yaratmazda 
ashnu yer yүzingә xalifa yaratur-men (Rabg’.). Fātima ataңg’a bu kүndin өң 
emgәk tegmәgәy (Najh.F.).
Keyin: YOch-tөrt kүndin keyin zaxm bilә-oq bardы
(BN). 


60 
Soң: Zulayhā Yusufnы zindāng’a salmыshtan soң zindān qapug’ыna barur 
erdi
(QR). 
Soңra: Yana bir nechә qadam barg’andыn soңra shayx muridg’a yana ayttы 
(Navoiy, MQ). 
Beri: Andыn beri bu bādiyanы «Xadarvesh» derlәr
(BN). 
Narы/naru: Ul vaqtda tүrkmәndin narы tarafыnda oturg’an ellәr kөp erdi 
(SH.tar.). 
Otru: Bu ma’nыdыn otru alayhissalamqa Mustafā at berildi
(Najh. F.).
Tashqarы: SHāhruhiyadыn tashqarы Haydar beg salg’an bag’da xang’a 
mulāzamat qыldыm
(BN). 
SHuningdek, eski o’zbek tilida 
bashqa, өzgә, g’ayrы 
ravish ko’makchilari, 
XIII-XIV asrdagi manbalarda 
azыn 
ko’makchisi ham qo’llangan.
Ayru:
Sendin ayru ne kerәk bizgә
(SHN). 
Fe’l-ko’makchilar.
Eski o’zbek tilida 
–a/-ә
affiksli ravishdosh formasidagi 
fe’llar qo’llanish o’rniga qarab ko’makchi funksiyasini ham bajargan. Ular 
quyidagilar: 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin