islom, Vә hazrat SHayxnың «Mahzanul asrar»ig’a javab aytыbtur (Navoiy, MN).
Arab va fors tillaridagi aniqlovchi-aniqlanmishning joylashuvi bilan o’zbek
tilidagi aniqlovchi-aniqlanmishning o’rinlashuvi o’rtasida jiddiy farq mavjud.
64
Arab va fors tillarida avval aniqlanmish keyin aniqlovchi kelsa, o’zbek tilida
avval aniqlovchi so’ng aniqlanmish keladi.
Gap bo’laklari.
Ma’lumki, gap bo’laklari gapni tashkil qiluvchi so’z
shakllari, birikmalari va boshqa sintaktik birliklarning tarkibiy va ma’no
xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Bunda tarkibiy xususiyat tushunchasi gap
bo’laklarining ifodalanishi, ularning gapdagi boshqa sintaktik hodisalar bilan
bog’lanishiva sintaktik mavqe tushunchalarini o’zida birlashtiradi, ular ma’lum
bir ma’noni tashishga xizmat qiladi.
Bosh bo’laklar.
Ma’lumki, ega fikr ob’ektini, nutq predmetini ko’rsatuvchi
bosh bo’lakdir. An’anaviy tilshunoslikda gapning hokim bo’lagi ega deb e’tirof
etiladi. «Ega ikki sostavli gapning bosh bo’laklaridan biridir: u hoqim sostavning
grammatik markazi, shu sostavdagi bo’laklarga, shuningdek, tobe sostavdagi
bosh bo’lakka – kesimga ham hokimdir. Ega absolyut hokim holatdagi bo’lakdir.
U gapdagi fikr, hukm o’ziga qaratilgan predmetning – nutq predmetining
nomidir. Ega harakatni bajaruvchi yo qabul qiluvchi shaxsdir yoki kesim
ifodalagan holat, yo belgi qarashli predmet» (G’ulomova A., Asqarova M.
Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili. Sintaksis. T., 1987, 77).
Keyingi yillarda gapning shakliy tomoni bilan bir qatorda, uning mazmuniy
tomonini o’rganishga ham jiddiy e’tibor berilmoqda, ya’ni tilshunoslikda
mazmuniy sintaksis degan yangi yo’nalish yuzaga keldi. Bu borada A.Berdialiev,
R.Sayfullaeva,
A.Nurmonov,
N.Mahmudov,
A.Ahmedov,
S.Solixo’jaeva,
M.Abuzalova va boshqalarning tadqiqotlarini ko’rsatib o’tish joiz. Bu
tadqiqotlarda gapning bosh bo’laklari xususida ham yangicha qarashlar paydo
bo’ldi. Bu, ayniqsa, N.Mahmudov, A.Nurmonov, M.Abuzalovalarning ishlarida
o’z ifodasini topdi. Bu qarash bo’yicha o’zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni
uyushtiruvchi va shakllantiruvchi bo’lak kesimdir. Kesim gapning markaziy
bo’lagi bo’lganligidan butun tavsifi – grammatik kategoriyalari: tasdiq-inkorlik,
shaxs, zamon, kommunikativ maqsad va hokazolar kesimga qarab belgilanadi.
Kesim gap qurilishida uyushtiruvchilik rolini o’ynaydi. To’g’ri, kesim haqidagi
bunday fikr-mulohazalar an’anaviy tilshunoslikda ham bor. Jumladan,
A.G’ulomov shunday yozadi: «Kesim ega bilan o’zaro bog’langan bo’lib, gapning
uyushtiruvchi markazlaridan biridir: u hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy
belgilarini (modallik, zamon va shaxsni) – predikativlikni ko’rsatuvchi eng muhim
bo’lak bo’lganligidan gapning mazmunini, strukturasini, xarakterini belgilashda
katta rol o’ynaydi, ega nutq predmetini-temani (gapning nima to’g’risida
borishinigina) bildiradi, shu haqda nima deyilishini, xabarni, xarakteristikani kesim
bildiradi» (G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi zamon o’zbek tili. Sintaksis. T.,
1987, 84). Olim hatto kesimning gapdagi eng zaruriy bo’lak ekanligini e’tirof
etadi. Gapning shakllanishida kesim muhim rol o’ynashini aytadi: «Gapni
maydonga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda
kattadir: u kommunikatsiyada (aloqa – aralashuv, xabar berishda) asosiy vazifani
bajaradi. Gapda kesimning ayrim bo’lak sifatida ifodalanmay qolishi kuchli sezilib
turadi. Demak, gap tushunchasi kesim tushunchasi bilan juda zich bog’langandir.
Predikativ aloqaning ko’rsatkichlari, odatda, kesimda bo’ladi» (G’ulomov A.,
Asqarova M., yuqoridagi asar, 1987, 84).
65
Ma’lumki, gapning xarakterli belgilaridan biri predikativlikdir. Demak, kesim
predikativ aloqaning muhim ko’rsatkichi, gap tushunchasi bilan juda zich
bog’langan ekan, u gapda hokim bo’lak hisoblanishi kerak.
Ega quyidagi ma’no xususiyatlarini bildiradi:
1.
Harakat, holat va belgini bildiradi:
Dostları ilə paylaş: |