S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
тарихий грамматика

Kөrә:
Va anың qыymatы javharыg’a kөrә zāhir bolur
(Navoiy,MQ). 
Yarasha: Mәskәnigә yarasha tushti nur//himmatыg’a yarasha taptы huzur
(SHN). 
Baqa: Ul damanadыn kөchүb, g’arbqa baqa yүrүb, suvsыz kөldә tushuldi 
(BN). 
Bog’lovchilar.
Eski o’zbek tilida ham boglovchilar vazifasiga ko’ra ikki 
guruhga bo’linadi: a)teng bog’lovchilar; b) ergashtiruvchi bog’lovchilar. 
Teng bog’lovchilar
ma’no va vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: a) 
biriktiruv bog’lovchilari; b) zidlov bog’lovchilari; v) ayiruv bog’lovchilari; g) 
inkor bog’lovchilari. 
Quyidagi biriktiruv bog’lovchilari iste’molda bo’lgan:
-u (-yu,-vu)
bog’lovchisi fors tiliga mansub bo’lib, eski o’zbek tilida keng 
qo’llangan: 
Jahānda 
tapmag’ay 
hargiz 
kishi 
nām-u 
nishānыm 
(Sakkokiy).Tinmәdilәr suv ichindә tun-u kun (SHN). 
Va 
bog’lovchisi arab tiliga mansub bo’lib, eski o’zbek tilida keng qo’llangan: 
Jojы xān өldi va yurt og’lы Sayы xāng’a qaldы (SH.tar.) Fransuzcha va 
almancha xat va lisān bilүrni өzlәrigә lāzim bilurlәr (Furqat). 
Ham 
bog’lovchisi uyushgan bo’laklar yoki qo’shma gap tarkibidagi sodda 
gaplar oldidan takrorlanib kelgan: 
Mavlānā Ali SHixāb ham ravān, ham puxta 
aytur ekәndүr (Navoiy, MN). 
Taqы/dag’ы 
bog’lovchisi qadimgi yodgorliklar tili uchun xarakterli bo’lib, 
eski o’zbek tilida ham keng qo’llangan: 
Tag’nы eritur āhыm, asar qыlg’usы bir 
kun/kөңlүm nechә kim bolsa temur tash dag’ы polad (Lutfiy). 
Yәmә, ma 
XIII-XIV asrlargacha bo’lgan yodnomalarda uchraydi: 
Bu qissa 
yәmә tugәl sharh qыlыnmыsh turur (QR). 
Ayiruv bog’lovchilari.
Quyidagi ayiruv bog’lovchilari qo’llangan: 
Yā.
Uyushgan bo’laklarning yoki qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar ning 
birini ikkinchisidan ajratib ko’rsatish uchun qo’llangan: 
SHakardur ul ag’ыz yā 
pista, bilmәn (Lutfiy). 


61 
Yāxud. 
Qo’llanishi va ma’nosi bo’yicha 

bog’lovchisiga o’xshaydi: 
Sunbul 
gul uzә saya salыbdur-mu yāxud//har yan achыlыbdur-mu yүzүң үzrә kulāla 
(Munis
). 
Gāh. 
Bu bog’lovchi ko’proq takrorlanib qo’llanadi: 
Gāh sachыn silәr edi
gāh yүzin// gāh qashыn saylar edi, gāh kөzin (SHN). 
Zidlov bog’lovchilar.
Ular quyidagicha bo’lgan: 
Ammā: Xob aytыb edi, ammā men rāzi bolmadыm
(BN). 
Lekin: 
Atlanыb yol sarы māyil boldы// lekin ul shahr cherikidin toldы 
(SHN). 
Lek: 
Yardыn өzgә harna deb māni//eshitib, lek aңlamay anы (Navoiy, SS). 
Valekin: 
Seniң ishqыңda Xārazmiy yoqaldы// valekin yer yүzindә atы qaldы 
(MN). 
Valek: 
Qazar-men uyla ki Farhād dard-u g’am tāg’ыn// valek tыrnag’ыm 
oldы qazarda teshә maңa (Munis). 
Vale: 
Barcha tapыlur bizgә, vale yar tapыlmas (Lutfiy).

Eski o’zbek tilida ham 
ne
inkor yuklamasi qo’llangan:
Ne keyin yanыb, ne 
ilgәri yүrүb, sөzni bir yergә qoyalmay kelүrlәr (BN). 
Ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Eski o’zbek tilida quyidagi ergashtiruvchi 
bog’lovchilar qo’llangan: 
Kim: 
Ul tag’larda rasmdurkim, tashlarda abyāt bitib qazurlar (BN). Xān 
hukm qыldыkim, hech kim mendin qalmasun teb (SH.tar.). 
Ki:
Andaq xatun ne yerdin tapыlurki, kelib anaңnың ornыn tutqay (SH.tar.). 
Agar: 
Agar kishi padshah yasag’lыqdur, ishi ilgәri barurы ināyatqa 
bag’lыqdur (Navoiy, MQ). 
Agarchi: 
Faqir anы agarchi kөrmәy-men, ammā Mavlānā Muhammad 
Badaxshāniydin eshitmish-men (Navoiy, MN). 
Agarchand, garchand: 
Qayu shahridakim bolsa hunarmand// hama keldi, 
yыraq erdi garchand (Furqat). 
Harchand: 
Harchand sa’y qыldыkim, Astrābadnы inisigә bermәkkә rizā 
bolmadы (BN). 
CHun, chu: 
Umid ulkim, chun darvish kishi erdi, ba’zi mustajāb bolmыsh 
bolg’ay (Navoiy, MN). 
CHunkim, chunki: 
Vasli hajrыn qыssasыn bir kun saңa sharh әylәgәy// 
chunki vāqifdur meniң yaxshы-yamanыmdыn kөңүl (Atoiy). 
Tā:
Yaxshыlarыnы tutub өltүrsүn, tā yamanlarы hukmga boyun qoyg’ay tedi 
(SH.tar.). 
Tāki: 
Boldыlar dushman anың xanыg’a// tāki kirgәylәr anың qanыg’a 
(SHN). 
Teb/deb
: Ul og’lan ag’ach ichindә tug’dы teb, ātыn qыpchaq qoydыlar
 
(SH.tar.).
 
YUklamalar. 
Eski o’zbek tilida quyidagi yuklamalar qo’llanishda bo’lgan: 
-mu:
SHayx janabi muridg’a ayttыkim, senda hech ma’lum bar-mu? (Navoiy, 
MQ). 
-oq: 
Sahar-oq qal’a uzә mindilәr (SHN). 


62 
-
la: 
Toynы tashlab keledur-la og’luң// g’amnы tashlab kelәdүr-la og’luң 
(SHN). 
-g’ыna/-ginә:
Bug’ыna masalnы yaxshыg’ыna bag’lag’an uchun umid 
ulkim,..(Navoiy, MN). 
Modal so’zlar. 
Ma’lumki, modal so’zlar so’zlovchining aytilayotgan fikrga 
turli qo’shimcha munosabatini ifodalaydi. Eski o’zbek tilida quyidagi modal 
so’zlar qo’llangan: 
Magar: 
Magar el anы mayparast etkәy// razini aңlag’ay chu mast etkәy 
(Navoiy, SS). 
Kāshki: 
Yergә kirsәm kāshki, chun yetmәs ul ayg’a elik (Lutfiy). 
SHāyad: 
SHāyad uyqu kөzimgә mayl etkәy// andыn āsāyыshы maңa yetkәy 
(Navoiy, SS). 
Balki (balkim): 
Derlәrkim, she’rg’a andaq mash’ufdurkim, kүndә on g’azal, 
balki artuq aytur ermish (Navoiy, MN). 
Mabādā: 
Ki anda Avliyā xāja mabādā, otыrg’an bolsa, qыlma ashkārā 
(Furqat). 
Basharti: 
Hech bir sormasmu-dы, nākām davrānlar өtәr// qullarы ichrә 
basharti e’tыbarыm bar erdi 
(Muq.). 
Bāvujudi: 
Bāvujudi, bu jāmal istәr vafāsыndыn kөңүl 
(Atoiy). 
SHuningdek, mavjud, lozimlik, nomavjudlik va hokazolarni bildiruvchi 
bar, 
yoq, lāzыm, kerәk, darkār, demәk 
va boshqa modal so’zlar ham faol qo’llangan. 
 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Hozirgi o’zbek tili va eski o’zbek tilidagi ko’makchilarni qiyoslab 
chiqing, ulardagi fonetik o’zgarishlarni izohlang. 
2.
Bog’lovchilarni sanab ko’rsating, ularning qo’llanish xususiyatlariga 
e’tibor bering. 
3.
YUklamalar va modal so’zlarning ma’no va vazifalarini izohlab bering. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin