72
uyushiq bo’laklarni bog’lash bilan birgalikda yangi gapning boshlanishini
ko’rsatuvchi ishora sifatida qo’llanishi G’.Abdurahmonov tomonidan tadqiq
etilgan (Abduraxmonov G., 1960, 21) va bu fikr boshqa turkiyshunos olimlar
tomonidan ham ma’qullangan (Mirzazoda., 1968, 97). Demak, aynan mana shu
holat, ya’ni,
va
bog’lovchisining yangi gapning boshlanishini ko’rsatuvchi ishora
sifatida ham qo’llanishi ochiq strukturali bog’langan qo’shma gaplarda sodda
gaplarni istagancha davom ettirish imkonini bergan. Ikkinchidan, bu holatni
bog’lovchi shakliy vositalarning mavqei u qadar muhim emasligi bilan ham
izohlash mumkin.
Sintaktik konstruksiyalar semantikasi haqida so’z yuritilganda
modus
va
diktum
atamalariga to’xtalib o’tish lozim. Modus va diktum gaplarning semantik
xususiyatini belgilab beruvchi tushunchalar hisoblanadi. Bu tushunchalar rus
tilshunoslari va o’zbek tilshunoslari tomonidan ham e’tirof etilgan.
Ma’lumki, diktum gapda asosiy fikr-voqeaning ifodalovchisi sifatida tushunilsa,
modus diktum voqeaning sub’ektiv interpretatsiyasi (CHeremisinaM.I., Kolosova
T.A., 1987, 34) hisoblanadi. Modus va diktum sodda gaplarda ham, qo’shma
gaplarda ham mavjud bo’ladi. Ayniqsa, qo’shma gaplarda ularning aktuallashuvi
o’ziga xos bo’ladi.
Ma’lumki, qo’shma gaplarda ikki yoki undan ortiq voqealar ifodalanadi. Mana
shu voqealar semantik xususiyatiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1.
Diktum voqea.
2.
Modus voqea.
Ergashgan qo’shma gaplardagi diktum va modus mazmunning ifodalanishi,
ularning o’ziga xos xususiyatlari N.Mahmudovning tadqiqotlarida keng va
atroflicha yoritilgan (Mahmudov N., Nurmonov A., 1995, 166-218).
Bu xususda N.Mahmudov shunday yozadi: ―Bu o’rinda gap ma’nosidagi ikki
xil tabiatli mazmunni farqlash kerak bo’ladi. Mazmuniy sintaksisning taraqqiyoti
munosabati bilan, - deb yozadi V.A.Beloshapkova, - juda ko’p tilshunoslar
tomonidan turli vaqtlarda aytilgan gap ma’nosida bir-biridan prinsipial
farqlanuvchi ikki tur mazmun – borliqni aks ettiruvchi xolis mazmun va
fikrlovchining ana shu borliqqa munosabatini aks ettiruvchi sub’ektiv mazmun
qo’shilgan, degan fikr alohida dolzarblik kasb etadi‖.
Va
bog’lovchili qo’shma
gaplarda turli mazmun munosabatlari ifodalangan. Ular quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: