70
(TMA 214).
G’āyat yumshag’ sөzligidin anы Yazdijurdi Narm dedilәr
(TMA
221).
SHaxsi noma’lum gaplarning kesimi fe’lning
–r(-ar,-әr,-ur,-үr)
qo’shimchali
sifatdosh shaklidan hosil qilingan va aksariyat gaplarda kesim vazifasida
derlәr,
ayturlar
fe’llari qatnashgan:
Va qыmыznы vә sүzmәni vә bozanы turkchә
ayturlar
(ML 16).
Vә kөkәltәshni turkchә til bilә derlәr
(ML 15).
SHaxsi umumlashgan gaplar.
Bunday gaplar mazmunan har uchala shaxsga
taalluqli bo’lishi barcha adabiyotlarda aytiladi. Bunday gaplar ikkinchi shaxs
birlikda qo’llanilishi bilan xarakterlanadi:
Muvәshshih xabarnы chindur deb
dostg’a yetkүrmә vә biravnың aybы vaqe’ bolsa, yүzigә (Navoiy, MQ). Qыla
alg’ancha ta’zim vә adab binasыn yыqma, vә hurmat xilvatыdыn chыqma
(Navoiy,MQ).
SHaxssiz gaplar.
Bunday gaplarda ifodalangan ish-harakat yoki biror holat
bajaruvchining faol ishtirokisiz yuzaga chiqadi. Bunday gaplarda ega grammatik
jihatdan ifodalanmaydi; shaxsi noma’lum yoki shaxsi umumlashgan gaplardan
farqlangan holda bunday gaplarning egalarini tiklab ham bo’lmaydi. Bunday
gaplarning kesimlari majhul fe’llar, majhul fe’l ma’nosida qo’llangan aniq fe’llar
vositasida ifodalanadi (Abdurahmonov G’., ko’rsatilgan asar, 24-bet). Misollar:
Vә shavq yүzidin bashtыn qadam qыlыb, Ka’bai maqsud azmыg’a qadam
uruldы
(MSH 97).
Barcha salāhiyatыn ushbu muammāsыdыn ihsās qыlsa bolur
(MN 95).
SHaxssiz gaplarning kesimi
–maq/-mәk
formali harakat nomi bilan ham
ifodalanishi mumkin:
Ul kishini qutluq evdin tashqarы sүrmәk kerәk (MQ).
Dostları ilə paylaş: