Tayanch tushunchalar: Sintaksis – gap, gap bo’laklari, so’z birikmalari haqidagi bilimlarni aks
ettiruvchi grammatikaning bir bo’limi.
Gap – predikativlik va intonatsion jihatdan shakllangan nutq va til birligi.
So’z birikmasi – kamida ikkita mustaqil so’zning grammatik aloqasini orqali
murakkab mazmunni ifodalovchi sintaktik hodisa.
Bir bosh bo’lakli gaplar Reja: 1.
Bir bosh bo’lakli gaplar bo’yicha nazariy ma’lumot.
2.
Eski o’zbek tilida bir bosh bo’lakli gaplarning qo’llanilishi.
Bir bosh bo’lakli gaplar ikki bosh bo’lakli gaplardan ko’ra nutqiy tejamli
sintaktik tuzilmadir. Bunday gaplar biron hodisa yoki o’ta ahamiyatli bo’lgan
axborot (harakat, holat, belgi, predmet va hodisalar)ni aktuallashtiradi. Bu esa ikki
bosh bo’lakli gaplar singari tarkibiy va ma’no xususiyatlarni ifoda qilishda tilda
teng xizmat qila olishini ko’rsatadi.
Turkiy tilshunoslikda ham bir bosh bo’lakli gaplar til taraqqiyotining barcha
davrlariga xos bo’lgan sintaktik hodisadir. Bunga turkiy xalqlarning eng qadimgi
yodgorligi bo’lgan «Kul tigin» bitigtoshidan ko’plab misol keltirish mumkin: «...
ilgәrү kүn tog’siqqa, birgәrү kүn ortusыng’aru, qurыg’aru kүn batыsыңa, yыrg’aru
tun ortusыng’aru, anta ichrәki budunы qop m(ancha kәrүr, anch)a budun qon
etdim». Bunday gaplar yodgorliklarda ko’p uchraydi.
Bir bosh bo’lakli gaplar turkiy tilshunoslikda ancha mukammal tadqiq
qilingan, lekin ularning ichki tasnifida har xilliklar uchraydi. V.N.Xangeldin bir
bosh bo’lakli gaplarni egali gap, egasiz gap, infinitiv gap, predikativli gap, atov
gap, so’z–gap kabi turlarga ajratsa (Xangeldin V.N., 1959), M.Z.Zakiev bir bosh
bo’lakli gaplar bosh bo’lagining qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga qarab
fe’lli, otli va so’z – gaplarga ajratadi (Zakiev M.Z., 1963, 39-52). I.Jakipov esa
egasiz gap, egasiz shaxsli gap, shaxsi noaniq egasiz gap, shaxsi umumlashgan
egasiz gap kabi turlarga ajratadi (Jakыpov I, 1959, 246), lekin qozoq tilshunoslari
bir bosh bo’lakli gaplar sirasida shaxsi aniq gapni sanab o’tmaydilar va
shaxsi noaniq gap hamda
shaxssiz gap larnigina
qayd qiladilar, shuningdek,
atov gap, undov gap tiplarini bir bosh bo’lakli gap sifatida qaramaydilar (Qarang: Qozoq
tilining grammatikasi, 1967, 126).
69
O’zbek tilshunosligida ham G’.Abdurahmonov, A.G’ulomov, Asqarova M,
A.Safoev,
A.X.Sulaymonov,
S.Usmonov,
E.SHodmonov,
B.O’rinboev,
X.G’ofurov, I.Rasulovlarning tadqiqotlarida bir bosh bo’lakli gaplar va ularning
nazariy asoslari yoritib berilgan. Ayniqsa, I.Rasulov bir bosh bo’lakli gaplarni
shakliy jihatdan chuqur tahlil qilib bergan.
Eski o’zbek tilida ham bir bosh bo’lakli gaplarning quyidagi turlari
qo’llangan: