SHaxsi aniq gaplar . Ma’lumki, shaxsi aniq gaplarning kesimi orqali uning
grammatik egasini tiklash mumkin. Kesim orqali eganing qaysi shaxs va sonda
ekanligi aniq ko’rinadi. Ba’zi adabiyotlarda bunday gaplar kesim orqali ega
anglashilib turganligi uchun ikki sostavli gaplarga, ba’zi adabiyotlarda esa
to’liqsiz gaplarga ham kiritiladi. Lekin aksariyat adabiyotlarda shaxsi aniq gaplar
sifatida e’tirof etiladi. G’.Abdurahmonov ham bu tip gaplarni bir bosh bo’lakli
gaplarning bir turi sifatida qaramaydi (Abdurahmonov G’., 1996).
Aksariyat adabiyotlarda shaxsi aniq gaplarning kesimi birinchi va ikkinchi
shaxs shaklida bo’ladi, uchinchi shaxs shaklidagi kesimlar esa shaxsi noma’lum
gaplarga xos deyiladi. A.G’ulomov shunday yozadi: «shaxsi aniq bir sostavli gap
uchun kesimning birinchi va ikkinchi shaxs formasida kelishi ko’p uchraydi»
(G’ulomov A., Asqarova M., 1987, 135).
Ma’lumki, birinchi, ikkinchi va uchinchi shaxs olmoshlari o’z ma’nosi bilan
bir-biridan farq qiladi. Birinchi va ikkinchi shaxs olmoshlari insonni ko’zda
tutadi, uchinchi shaxs olmoshi esa konkret uchinchi shaxsdan tashqari, har
qanday shaxs yoki predmetni ifoda qilishi ma’lum. SHunday ekan, uchinchi
shaxs olmoshi konkret shaxsni ifodalaganda, birinchi, ikkinchi shaxs olmoshlari
bilan umumiylikka ega bo’ladi. Bu vazifada
u olmoshi
men, sen olmoshlari
sirasida qaralishi lozim. SHu ma’noda
u olmoshining gapda qo’llanmasligi
men, sen olmoshlarining qo’llanmasligi kabi sintaktik norma bo’ladi. SHuning uchun
bu tip gaplar eski o’zbek tilida:
I shaxsda ham:
Ikki kүndin soңra yana alar xizmatыg’a yettim (Navoiy, HM
57).
Ul hazrat qashыda astag’ыna oqudum (Navoiy, HM 18).
Barur kishidin ul g’azalg’a tatabbu’ qыlыb, nāma yibәrib erdim (Navoiy, HM 32).
II shaxsda ham:
Xabar bolg’uncha salāmatlыg’ bilә azimat qыlыb ermish-siz (Navoiy, MSH 114).
Ahbāb, yigitlikni g’animat tutuңuz (Navoiy, MQ 81).
III shaxsda ham:
Va sultāni sahibqirān astānasыda bolur erdi (Navoiy, MN 26).
HHәjji mubārak safarыg’a barыb, sayr rasmi bilә Hind sarы mutavajjih boldы (Navoiy, MN 12) keng qo’llangan.