S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi


YUqorida ta’kidlanganidek,  chun



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
тарихий грамматика

 
YUqorida ta’kidlanganidek, 
chun
 
leksemasi sabab ergash gapli qo’shma 
gaplarda ham qo’llanib, ular o’rtasidagi semantik munosabatni reallashtirgan. 
Bunda ham ergash gap bosh gapdan oldin kelgan: 
Ul xazratg’a chun ravshan 
bolub erdi, inaor qыla almadыm
(Navoiy MN).
 
Ushbu misolda ham payt munosabatlari ifodalangan. YA’ni, qachon inkor qila 
olmadi, deyish mumkin yoki nima sababdan, degan savol qo’yish mumkin. Lekin 
gapda payt ma’nosiga nisbatan sabab mazmuni kuchli. CHunki asosiy gapning 
bajarilishidagi payt emas, balki sabab birinchi planga chiqarilmoqda, 
inkor qila 
olmaslik
 
sababi alohida ta’kidlanmoqda. 
Endi quyidagi misolni ko’raylik: 
Va qatl istida’sы qыldы ersә, qatl 
buyurdы
(TMA 231).
 
Ushbu gapning ham mazmunini sabab-natija munosabati 
tashkil etadi. YUqorida ta’kidlanganidek, 
ijro maylidagi fe’l+to’liqsiz fe’l
 
shakli 
payt ergash gapli qo’shma gaplardagi sodda gaplarni o’zaro munosabatini 
ta’minlaydi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, bunday qo’shma gaplarda payt 
mazmuni ham, sabab mazmuni ham ifodalanadi. 
Sabab ergash gap bosh gapga 
–ki, kim
 
vositasida ham bog’lanishi mumkin. 
Bunday qo’shma gaplarda bosh gap ergash gapdan oldin joylashadi: 
Mavt 
marazыda tajnы anың qarnыg’a qoydы kim, Darabqa hamila erdi
(Navoiy 
TMA).
 
Hozirgi o’zbek tilida ham sabab ergash gaplar bosh gapga ba’zan 
-ki
shakliy vositasida bog’lanadi. Lekin yuqoridagi misoldan farqli ravishda, ergash 
gap bosh gapdan avval joylashadi: 
Ayol borki, olam munavvar. Sen borsanki, 
shodman hayotdan 
kabi.
YUqorida ta’kidlanganidek, Alisher Navoiy asarlari tilida bosh gap ergash 
gapdan oldin joylashadi. Demak, bosh gap 
(Tojni aning qornig’a qo’yish)
ning 
yuzaga kelishiga ergash gap 
(Dorobg’a homila erdi) 
sabab bo’lmoqda. Nutq 
talabiga ko’ra ergash gapni bosh gapdan oldinga o’tkazish mumkin:

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin