S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi


bog’lovchisi quyidagi o’rinlarda uchraydi:  1.  Zid munosabatli qo’shma gaplarda



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
тарихий грамматика

 
bog’lovchisi quyidagi o’rinlarda uchraydi: 
1. 
Zid munosabatli qo’shma gaplarda
:
Hushi barыda yaxshы abyatlar aytыb 
erdi, amma junun vaqtыda bu baytnы kөp oqur erdi 
(MN 35). 
Denotatlar orasidagi zid munosabat 
xushi bor-junun, yaxshi abyot - bu bayt
 
oppozitsiyasi orqali ifodalangan.
 
Xushi bor - 
funksional bo’lmagan predikativ 
birikmasi 
junun 
leksemasi bilan semantik jihatdan o’zaro zid munosabatni 
yuzaga keltira oladi, ya’ni asliy zidlik hisoblanadi. 
YAxshi abyotlar - bu bayt
 
so’z 
birikmalari, to’g’rirog’i, 
yaxshi - bu
 
leksemalari o’zaro zidlik oppozitsiyasini 


75 
keltirib chiqara olmaydi, lekin 
bu
 
leksemasi mazkur misolda 
yomon
 
leksemasining substituti sifatida kelgan bo’lib, kontekstual jihatdangina shu 
leksemaning semantikasini o’ziga olgan. Demak, bunday zidlikni nisbiy zidlik 
deb atash mumkin. Mazkur gapni quyidagi ko’chimda ifodalaganda maqsad 
oydinlashadi. Qiyoslang: 
Hushi barыda yaxshы abyatlar aytыb erdi, amma 
junun vaqtыda yaman baytlarыn kөp oqur erdi yәki yaxshы bayt aytmas erdi. 
 
2. Semantik jihatdan zid bo’lmagan qo’shma gaplar tarkibida

Bunday 
gaplarda 
ammo
bog’lovchisi semantikasida zidlik tushunchasi bo’lmaydi, balki 
bog’lovchilik funksiyasi saqlanib qolgan holda, ammo so’zida ta’kid ma’nosi 
ham birga anglashiladi, lekin ot va uning substituti oppozitsiyasi ikki gap 
semantikasining bir-biriga aloqadorligini ta’minlaydi. 
Dag’ы Istahrnы bina 
qыldы, amma kөprәk avqat anda bolur erdi
(TMA 185).
 
SHakliy tomondan 
qaraganda, zidlov bog’lovchi ishtirok etgan, demak, zidlov munosabat 
shakllanishi kerak, lekin bu misolda zidlash munosabati yo’q. Denotatlar 
Istahrni 
- anda
 
oppozitsiyasi orqali bog’lanmoqda. Mazmunan ketma-ket ro’y bergan ikki 
denotativ voqea teng mavqeda, payt munosabati ifodalangan. Mazkur gapning 
ikkinchi komponenti predikatida bo’lishlilik semasi aks etgan bo’lsa, 
«
Damovadni bino qildi, ammo anda gahi bo’lur erdi
(TMA 185)» misolida 
predikatda garchand bo’lishlilik shakli reallashgan bo’lsa-da, mazmunan 
bo’lishsizlikni ifoda qiladi. Bir qarashda ammo bog’lovchisi o’zaro zid mazmun 
munosabatidagi gaplarni bog’lagandek ko’rinadi, lekin qo’shma gapning umumiy 
mazmunida bir komponent mazmuni ikkinchi komponent mazmunini inkor 
etayotgani yo’q, ya’ni 
Damovadni bino qilgan
ligi, unda 
gahi bo’lishiga 
qarshi 
qo’yilayotgani yo’q, boshqacha aytganda, ikkinchi gap birinchi gap mazmuniga 
zid emas, lekin gapda ziddiyati bo’lmagan 
Damovad – anda 
ot va olmosh 
(substitut) oppozitsiyasi mavjud.
 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Qo’shma gaplar bilan yoyiq sodda gaplar o’rtasidagi farqni tushuntirib 
bering. 
2.
Eski o’zbek tilida bog’langan qo’shma gaplar qanday bog’lovchilar 
yordamida bog’langan? 
3.
Bog’langan qo’shma gaplarga 10ta misol yozing. 
17-ma’ruza 
 
Ergash gapli qo’shma gaplar 
 
Reja: 
 
1.
Ergash gapli qo’shma gaplar haqida nazariy ma’lumot. 
2.
Ergash gapli qo’shma gaplar tasnifi. 
Adabiyotlar: 


76 
1.
Abdurahmonov G’. Tarixiy sintaksis.-T., 1974. 
2.
Щerbak A.M. Grammatika starouzbekskogo yazыka.-M.-L.,1962. 
3.
Serebrinnikov 
B.A., 
Gadjieva 
N.Z. 
Sravnitelno-istoricheskaya 
grammatika tyurkskix yazыkovyu Fonetika, morfologiya, sintaksis.-M., 
1986. 
Ma’lumki, ergashgan qo’shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar 
o’zaro hokim-tobelik munosabati orqali bog’lanadi. Ergash gap bosh gapga tobe 
bog’lanib, bosh gapdagi biror bo’lakni izohlab keladi. Bosh va ergash gap 
grammatik hamda mazmunan jips bog’lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va 
umumiy bir fikrni ifodalaydi. Ular o’zaro fe’lning amaliy shakllarining 
qo’llanishi (turli grammatik vositalar bilan birikkan sifatdosh, ravishdosh va shart 
fe’li), yordamchi so’zlar orqali munosabatga kirishishi aytiladi (Abdurahmonov 
G’., 1996, 185). Ergashgan qo’shma gaplarning guruhlanishi ergash gapning 
bosh gapdagi qaysi bo’lakni izohlab kelishiga qarab belgilanadi. SHuni aytish 
kerakki, ergash gaplarning tasnifida tilshunoslar o’rtasida umumiylik bor. O’zbek 
tilshunosligida ergash gaplar mazmuniy – shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi: 1) 
ega, 2) kesim, 3) to’ldiruvchi, 4) aniqlovchi, 5) ravish, 6) o’lchov- daraja, 7) 
chog’ishtirish-o’xshatish, 8) sabab, 9) maqsad, 10) payt, 11) o’rin, 12) shart, 13) 
to’siqsiz, 14) natija ergash gaplar (G’ulomov A., Asqarova M., 1987, 187). 
N.Mahmudov ham ergashgan qo’shma gaplar semantikasini ayni shu tasnif 
asosida tahlil etadi (Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo’jaeva S., 
1992, 243). G’.Abdurahmonov esa ularni quyidagi turlarga ajratadi: 1) 
aniqlovchi, 2) to’ldiruvchi, 3) ega, 4) kesim, 5) payt, 6) sabab, 7) shart, 8) 
maqsad, 9) to’siqsiz, 10) natija, 11) ravish, 12) qiyos, 13) umumlashtiruvchi-izoh 
ergash gaplar (Abdurahmonov G’., 1996, 191-216). Uning bu tasnifida 
yuqoridagi 
barcha 
qo’shma gaplar aks etgan bo’lsa-da, qiyos va 
umumlashtiruvchi ergash gaplar asossiz maydalashtirilib yuborilgan. Masalan, 
umumlashtiruvchi-izoh ergash gapli qo’shma gaplar tabiati haqida to’xtalar ekan, 
u shunday yozadi: «Ergash gaplarning shunday turlari borki, ular bosh gapga 
analitik-sintetik yo’l bilan bog’lanadi. Bu holda bosh va ergash gap o’zaro nisbiy 
olmoshlar orqali birikib, ergash gapning kesimi shart mayli orqali ifodalanadi. 
Demak, bunday ergash gaplar bosh gapga asosan leksik vositalar va shart mayli 
orqali bog’lanadi. Bu bog’lanish ikki tomonlama bo’lib, bog’lovchi leksik 
vositalar ham ergash gap, ham bosh gap tarkibida qo’llanadi» (Abdurahmonov 
G’., 1996, 216).
Eski o’zbek tilida ham ergash gapli qo’shma gaplarning yuqoridagi turlari 
qayd qilinadi. Quyida ularni ko’rib o’tamiz. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin