73
denotativ voqeaga qiyoslangan holda uning ma’nosi yanada chuqurroq, kengroq
izohlanmoqda.
Haq molini kuydirgan odam kunduzida sham yoqib yurgan kishiga
o’xshatilmoqda. әz-o’zidan ma’lumki, kunduzi sham yoqishga hech qanday hojat
yo’q. Kunduzida sham yoqib yurgan kishi, albatta, hammaga kulgi, masxara
bo’ladi. Haq molini kuydirganlar aynan shunday kishilarga qiyos qilinmoqda. Bu
gap asosida
Haq molin kuydirgan yoruq kunda sham’i kofuriy yoqqan bilan
barobar
degan mazmun yotadi.
Qo’shma gaplar tarkibidagi gaplarning semantik bog’lanishida gaplar
tarkibidagi oppozitiv vositalar muhim rol o’ynaydi
. Bunday oppozitiv vositalar
har ikkala gap tarkibida kelib havola bo’laklar (Havola bo’laklar haqida qarang:
Mahmudov N.,Nurmonov A., 1995, 172) kabi bir-birini talab etadi, semantik
munosabatga kirishadi.
YUqoridagi misolda denotativ voqealarning semantik bog’lanishida h
aq molin
kuydirgan - yoruq kunda sham’i kofuriy yoqqan, devona – aqldin begona
oppozitiv vositalarning oppozitiv munosabati muhim vosita sifatida ishtirok
etmoqda.
Dostları ilə paylaş: