S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
тарихий грамматика

–g’ay/-gәy//-
qay/-kәy,-maqda/-mәkdә 
affiksli formalariga qo’shiladi. Qisqargan tuslovchilar 

di/-dы//-ti/-tы
affiksli affiksli, shart formadagi fe’llarga va 
–g’u/-gү//-qu/-kү 
affiksli formalarga qo’shiladi. 
SHuni aytish lozimki, to’la tuslovchilar qadimgi turkiy yodgorliklarda 
–di/-
dы//-ti/-tы
affiksli formadan keyin ham qo’llangan. Masalan,
basdыmыz, 
buzdыmыz (KT).
Bu holat eski o’zbek tilining dastlabki yodgorliklarida ham 
qo’llangan: 
Eshittimiz taqы bildimiz tedilәr (QR).
SHaxs-son affikslari tarixan kishilik olmoshlarining rivojlanishidan paydo 
bo’lgan. Buni M.Koshg’ariyning ma’lumotidan ham bilsa bo’ladi. XI asrda 
o’g’uzlar, qipchoqlarning ayrimlari o’tgan zamon ma’nosini ifodalash uchun 

duq/-dүk/-tuq/-tүk 
affiksini ishlatib, ular oldidan kishilik olmoshlarini qo’llash 
ularning qaysi shaxsda ekanligini bildirgan: 
Men ya qurduq (men yoy qurdum), biz 
ya qurduq, ol keldүk (u keldi), olar evgә kirdүk (ular uyga kirdilar). 
Keyinchalik kishilik olmoshlari fe’ldan keyin ham keltiriladigan bo’lgan: 
men barduq men (men bordim), sen barduq sen (sen bording) 
kabi. Bunda shaxs-
son ma’nosini ifodalash uchun kishilik olmoshlarini ikki marta keltirishga zarurat 
bo’lmay qolgan. SHuning uchun fe’l oldidan kelgan kishilik olmoshlari ko’pincha 
tushirib qoldiriladigan bo’lib, keyingisi saqlangan va shaxs-son ko’rsatkichi 
sifatida tasavvur qilingan. 
Buyruq-istak mayli formalari. 
Buyruq-istak mayli formalarida ham buyruq, 
ham istak ma’nolari mavjud, ya’ni, I shaxs formalarida istak, II shaxs formalarida 
buyruq, III shaxs formalarida esa ham istak, ham buyruq ma’nolari mavjud. 
Eski o’zbek tilida buyruq-istak mayli ko’p formali bo’lib, ular quyidagicha 
hosil bo’ladi: 
I shaxs birlik formalari: 
-(a)yыn/-ә)yin.
Bu forma barcha davrlarda keng qo’llangan: 
Kүchүm 
yetmishchә kөp xidmat qыlayыn (MN). Kimgә izhār әylәyin (Munis). 
-(a)y/-(ә)y. 
XIV asrdan keyingi yodgorliklarda qo’llanadi: 
Gүl keldi yүzүң 
davrыdakim, husn satay deb (Lutfiy). Men qashың mehrābыna әltәy duādыn 
iydlыq (Atoiy). 
-g’ayыn/-gәyin//-g’ayыm/-gәyim. 
XV 
asrdan 
oldingi 
yodgorliklarda 
uchraydi: 
Kimgә degәyim nechүk qыlayыm, bilmәn, men buyla yыraqda, ul 
yaqыnraq jāndыn (Sayfi Saroiy). Karam qыlыb, qulaq tutsaң, javab ayg’ayыm 
(Sayfi Saroiy). 
-(a)yыm/(ә)yim. 
XV asrdan oldingi davrlarda qo’llangan bo’lib, keyingi 
davrlarda esa ayrim yodgorliklarda ba’zan uchrab qoladi: 
Men qarыndashlarыm 
birlә keңәshәyim (QR). Seniң үchүn shaharda bir yaxshы imārat qыlayыm (Sayfi 
Saroiy). 


49 
YUqoridagilardan tashqari, «Qissasi Rabg’uziy», «Tafsir», «Xisrav va 
SHirin» asarlarida 
–g’am/-gәm 
affiksi ham I shaxs buyruq-istak mayli formasini 
hosil qilgan: 
Fazl qыlg’am va aңa artuq bergәm (Tafsir). Birini qurban qыlg’am 
(QR). 
I shaxs ko’plik formalari. 
Buyruq-istak maylining I shaxs ko’pligi quyidagi 
affikslar bilan hosil qilingan: 
-g’alыm/gәlim,-g’g’alың/-gәliң,-(y)alыm/-(y)әlim. 
Bu affikslar XV asrdan 
oldingi davr yodnomalarida uchraydi:
Ey rabb, bizgә farman bergil, kөkkә 
ag’g’alыm (Tafsir).Siz on qoy keltүrүң, bishүrүң, etini yegәliң (QR). Halыmыz 
ezgү bolmaz, netәk qыlalыm (QR). 
Bu affiks ba’zan lab unlisi bilan 
–alum/-әlүm 
formasida ham keladi: 
Bu er 
ulug’ sөz sөzlәyү turur, ketәlүm tedilәr (QR). 
-g’alы/-gәli. 
XVI-XVII asr yodnomalarida uchraydi: 
Hech yamanlыq aңa 
yavutmag’alы// seni telmurtub anы tutmag’alы (SHN). Biz seni tutub bermәgәli 
tedilәr (SH.tar.). 
-(a)lың/(ә)liң. 
XVIII asrgacha bo’lgan yodnomalarda uchraydi: 
Asbab 
quruңlar,Eran shahrыna baralың (Tafsir). Ne bolsa bolsun, ush bashdыn 
kechәliң//Bu surat razыdыn parda achalың (XSH). 
-(a)lы/(ә)li 
affiksli forma XV-XVII asrlar uchun xarakterli bo’lib, bu davrda 
buyruq-istak mayli I shaxs ko’plik ma’nosini ifodalashning asosiy formasi sifatida 
yodgorliklarda keng qo’llangan: 
Emdi sөzniң aslыg’a shuru’ qыlalы (Navoiy 
MQ).Andijang’a chekәli bizlәr lashkar//tүzәli ul sarы āhāңы safar (SHN). 
-(a)lыq/(ә)lik.
XIV asrdan boshlab qo’llanadi: 
Xasmlыq qыlsa, qыlalыq fani 
(SHN). Өzimizni ahvalыmыznы alayыq (SH.turk). 
-(a)ylыq/(ә)ylik. 
XIX asrdan boshlab keng qo’llana boshlagan: 
Berәylik 
ikkimiz ham aңa lәshkәr/ bolub jәң әylәsүn sardāri әskәr (Furqat). Ey yaxshыlar, 
kelәylik, bir jayg’a yыg’ыlыshaylыq, oynaylыq, kүlәylik, āmān bolaylыq 
(Muqimiy). 
II shaxs birlik formalari.
Buyruq-istak maylining II shaxs birlik ma’nosi eski 
o’zbek tilida asosan 
–g’ыl/-gil//-qыl/-kil 
affiksi bilan yasalgan forma orqali 
ifodalangan: 
Eshitkil emdi ham bir xush hikayat (MN). Barыb ul xannы salamat 
tutqыl (MN)

Buyruq-istak maylining II shaxs birlik formasi eski o’zbek tilida 
–g’in/-gin//-
qыn/-kin
affiksi bilan ham yasalgan. Bu affiks 
–g’ыl/-gil//-qыl/-kil 
affiksining 
fonetik varianti bo’lib, nisbatan keyingi davrlarda paydo bo’lgan: 
Kelgin ke, 
firaqың otыda qalmadы halыm (Lutfiy).Men dedim kim, rast aytqыn (BN). 
Baqqыn, ekin pishәr-mu aftab kөrmәy (Muqimiy). 
Ma’lumki, hozirgi o’zbek tili va boshqa turkiy tillarda buyruq-istak 
maylining II shaxs birligi ko’pincha affikssiz qo’llanadi, ya’ni formal jihatdan fe’l 
negiziga to’g’ri keladi. Bu holat eski o’zbek tilida ham keng kuzatiladi: 
Taqы yuz 
mың altun keltүr (QR).Qaraqchы kөzlәriңdin bir qыya baq (Atoiy). Adl qulag’ы-
la eshit halыmы (Muqimiy). 
SHe’riy asarlarda buyruq-istak mayli II shaxs birligi affikssiz qo’llanganda, 
ba’zan 
–u/-ү 
unlisi orttiriladi. Bu hol Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro 
she’rlarida uchraydi: 
Ey saba, avvāra kөңlүm istәyү har yan baru// Vadi-yu tag’-u 


50 
biyābānlarnы bir-bir axtaru. Axtarurda tapsaң ul kөңlүmki, majnun shivadur// 
har nechүk bolsa әdәm sahrāsы sarы bashqaru. 
Misollardagi 
baru, axtaru,bashqaru
fe’llari 
borgin, axtargin, boshqargin
ma’nosini ifodalaydi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin